1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi
Ayollaming tashqi tanosil a’zolariga ayollar jinsiy sohasi va klitor kiradi
Download 1.58 Mb.
|
2 5321546225856551652
Ayollaming tashqi tanosil a’zolariga ayollar jinsiy sohasi va klitor kiradi.
Ayollaming jinsiy sohasiga (pudendum feminina) qov do'mbog'i, katta va kichik jinsiy lablar hamda qin dahlizi kiradi. Qov do'mbog'i (mons pubis) qorin sohasidan qov egati, sondan esa chanoq-son egati bilan ajrab turadi. U tuklar bilan qoplangan va teri osti yog' kletchatkasi yaxshi rivojlangan bo'ladi. Yangi tug'ilgan qiz bolada qov do'mbog'i uchburchak shaklidagi do'ng bo'lib, qorin osti sohasidan egat bilan ajragan bo'ladi. Katta jinsiy lablar (labium majus pudendi) juft yumaloq teri burma shaklida bo'lib, uning uzunligi 7—8 sm, kengligi 2—3 sm bo'ladi. Ular jinsiy tirqishni (rima pudendi) yon tomondan chegaralab turadi. Katta jinsiy lablar old tomondan lablaming keng oldingi bitishmasini (commisura labiomm anterior), orqa tomondan orqa bitishmani (commisura labiorum posterior) hosil qilib birikadi. Katta lablaming ichki yuzasi pushti rangda bo'lib, bir-biriga qaragan. Katta jinsiy lablar terisining pigmenti ko'p bo'lib, ko'plab yog' va ter bezlari bo'ladi. Yangi tug'ilgan qiz bolaning katta jinsiy lablarining orqa qismi yaxshi rivojlangan bo'lib, kichik lablami butunlay berkitmaydi. Qiz bola hayotining birinchi yili oxirida katta jinsiy lablar kichigini ustidan berkitib turadi. Ular tarang bolgani uchun jinsiy yorig' yopiq bo'ladi. Kichik jinsiy lablar (labium minus pudendi) juft, yupqa bo'ylama teri burma shaklida bo'lib, ular katta lablar ichida joylashib, qin dahlizini chegaralab turadi. Kichik jinsiy lablar tarkibida elastik va mushak tolalari ko'p bo'lgan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Kichik jinsiy lablar terisida yog' bezlari bo'lib, ulaming orqa uchlari o'zaro birikib, ko'ndalang burma — jinsiy lablar yuganchasini (frenulum labiorum) hosil qilib, qin dahlizi chuqurchasini (fossa vestibuli vaginae) o'rab turadi. Kichik jinsiy lablaming yuqori uchlari ikki burmaga (oyoqchaga) bo'linib, klitoiga qarab yo'naladi. Lateral oyoqchalar klitomi yon tomonidan aylanib o'tadi va uni ustida o'zaro birikib — preputum clitoridis ni hosil qiladi. Medial oyoqchalar klitor ostida birikib, klitor yuganchasini (frenulum clitoridis) hosil qiladi. Yangi tug'ilgan qiz bolaning kichik jinsiy lablari jinsiy yorig'dan chiqib turadi. Bezlari kam va yaxshi takomillashmagan bo'ladi. Qiz bola hayotining 3—4 yilida kichik jinsiy lablar rivojlana boshlaydi. Qin dahlizi (vestibulum vaginae) qayiqsimon chuqurlik, yon tomondan kichik jinsiy lablar, pastdan qin dahlizi chuqurchasi, yuqoridan klitor bilan chegaralanadi. Uning tubida qin teshigi, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi, katta va kichik dahliz bezlarining naychalari ochiladi. Yangi tug'ilgan qiz bola qin dahlizining siydik chiqaruv kanali joylashgan oldingi qismi chuqur bo'ladi. Uning oldingi 2/3 qismi kichik jinsiy lablar, orqa 1/3 qismi esa katta jinsiy lablar bilan chegaralanadi. Dahlizning katta bezi (Bartolin bezi) (glandulae vestibularis major) juft, ovalsimon bo'lib, kattaligi no'xatdek alveolar naysimon bez bo'ladi. Ular kichik jinsiy lablar asosida joylashib, naychasi kichik jinsiy lablar asosiga ochiladi. Bez qinning kirish qismini namlab turuvchi shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi. Dahlizning kichik bezlari (glandulae vestibularis minores) qin dahlizi devorida joylashib, naychalari shu yerga ochiladi. Dahlizning katta va kichik bezlari qiz bola hayotining 3—4-yillda rivojlana boshlaydi. Dahliz so'g'oni (bulbus vestibuli) biriktiruvchi to'qima va silliq mushak dastalari bilan o'ralgan vena chigallaridan iborat. U taqasimon shaklda klitor bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi o'rtasida joylashgan. Tashqi tomondan uni so'g'on-g'ovak tana mushagi tolalari yopib turadi. Klitor (clitoridis) erlik olati g'ovak tanasiga o'xshagan juft g'ovak tanadan (corpus cavernosum clitoridis) iborat. Uning silindrsimon oyoqchalari (crus clitoridis) qov suyagi pastki shoxi suyak pardasidan boshlanadi va simfizning pastki qismi ostida o'zaro birikib klitor tanasini (corpus clitoridis) hosil qiladi. Klitor tanasining uzunligi 2,5-3,5 sm bo'ladi. U tashqi tomondan oqliq parda (tunica albuginea corporum cavernosorum) bilan o'ralib, klitor boshi (glans clitoridis) bo'lib tugaydi. G'ovakli tanalar o'zaro to'siq (septum corporum cavernosum) bilan ajralgan. Klitoming g'ovakli tanasi xuddi erlik olati g'ovakli tanasiga o'xshash mayda katakchalari bo'lgan g'ovakli to'qimadan iborat. Klitor yuqoridan klitor kertmagi (preputium clitoridis) bilan chegaralansa, pastda klitor yuganchasi (frenulum clitoridis) bo'ladi. Klitoming boshidan tashqari qismi fassiya (facia eclitoridis) bilan o'ralib, klitomi osiltirib turuvchi boylam (lig. suspensorium clitoridis) vositasida mustahkamlanib turadi. Yangi tug'ilgan qiz bolada klitor nisbatan uzun, uning kertmagi va yuganchasi yaxshi rivojlangan bo'ladi. Qizlaming tashqi tanosil a’zolari balog'at davrida tez o'sadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling