1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi


-Bilet. Endokrin tizim tuzilishi


Download 1.58 Mb.
bet29/41
Sana30.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1810848
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
2 5321546225856551652

10-Bilet.
Endokrin tizim tuzilishi
1.Bezlar turlari va ahamiyati.
2.Ichki sekretsiya bezlari va ularning garmonlari.
3.Garmonlarning umumiy va xususiy xususiyatlari.
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI

Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar alohida a’zolar tizimini hosil

qiladi. Ulaming ishlab chiqargan suyuqligi qonga yoki limfaga o'tadi. Ichki

sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon orqa,

ayrisimon, buyrak usti bezi, me’da osti bezining Langengars orolchalari,

erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi, interrenal tizim

va paragangUyalar kiradi. Ichki sekretsiya bezlari biologik faol modda —

gormonlar ishlab chiqaradi. Bu gormonlar juda oz miqdorda bo‘lsa ham,

organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta’sir

qilish xususiyatiga ega bo‘lib, organizmning taraqqiyotini, o‘sishini boshqarib

turadi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ishlab chiqarilsa, organizmda har

xil kasalliklar kelib chiqadi.

Ichki sekretsiya bezlari o‘z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib

chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo'linadi.

1. Entodermadan hosil bo‘lgan visseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy

etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimon orqa va ayrisimon bezlar).

2. Entodermadan hosil bo‘lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi

bezlar (me’da osti bezi orolchalari).

3. Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po‘stloq

qismi, jinsiy bezlar va interrenal tizim).

4. Ektodermadan taraqqiy etuvchi — nerv nayining oldingi qismidan

hosil bo'lgan bezlar (gipofiz vaepifiz).

5. Ektodermadan taraqqiy etuvchi simpatik nerv tizimidan hosil bo'lgan

bezlar (buyrak usti bezining mag'iz qismi va paragangliyalar).



Qalqonsimon bez

Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq a’zo bo'lib, ichki sekretsiya

bezlari ichida eng kattasidir. Uning o'sayotgan organizm uchun ahamiyati juda

katta. U bo'yinning oldingi sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog'ayi bilan

kekirdakning yuqorigi III-IV tog'ay halqalari oldida joylashgan. Bez yuza

joylashib, uni old tomondan til osti suyagining ostidagi mushaklar, bo'yinning

yuza va kekirdak oldi fassiyalari qoplab turadi. Qalqonsimon bez ikki: o'ng va

chap bo'lakdan (lob u s dexter et sinister) iborat. Bo'laklari tor bo'yincha

(isthmus gl. thyroidei) vositasida o'zaro qo'shilgan. 30% holatda uning

bo'yinchasidan yuqoriga qarab piramidasimon bo'lagi (lobus pyramidalis)

joylashadi. Bezning ko'ndalang o'lchami katta yoshdagi odamlarda 50—60

mm, qalqonsimon bez bo'laklarining balandligi 50 mm atrofida bo'ladi. Uning

bo'laklarini orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo'ngachning boshlang'ich qismiga tegib turadi. Bez bo'yinchasining balandligi 5—15 mm,

qalinligi 6—8 mm bo'lib, kekirdakning II—III tog'ay halqalari sohasida

joylashadi. Bezning og'irligi 30—50 g. Qalqonsimon bezning og'irligi ayollarda

erkaklarga nisbatan katta bo'lib, u tashqi tomondan hiqildoq va kekirdakka

birikkan fibroz kapsula (capsula fibrosa) bilan o'ralgan. Undan bez ichiga

trabekulalar kirib, bezni bo'laklarga ajratadi. Bez bo'laklarining ichi qalqonsimon bezning taikibiy-vazifaviy biriigi — folikullalardan iborat. FolikuMaming

devori bir qavatli epiteliy bilan qoplangan bo'lib, o'lchamlari 25 dan 300—

500 mkm gacha. Uning bo'shlig'ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq

oqsillaiga boy kolloid modda bo'ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon

plazmasidagidan 300 marta ko'p.

Mo'tadil holatda qalqonsimon bez 80% tiroksin va 20% triyodotironin

ishlab chiqaradi. Uning gormonlari organizmdagi asosiy modda almashinuviga

ta’sir qilib, issiqlik almashinuvini, oqsil, yog', uglevodlar sarflanishini

kuchaytiradi. Kaliy va suvni oiganizmdan chiqishini, oiganizmning o'sishini

boshqaradi, buyrak usti, jinsiy, sut bezlari va markaziy nerv tizimi faoliyatini

kuchaytiradi. Qalqonsimon bezning follikulalararo epiteliyi hujayralari

tarkibida yod bo'lmagan gormon — kalsitoninni ishlab chiqaradi. U qondagi

kalsiy miqdorini kamaytirib, uni suyaklarda to'planishini ta’minlaydi va

paratireoidinga antogonist bo'ladi. Bu gormon, shuningdek, hazm bezlari

faoliyatini pasaytiradi.

Taraqqiyoti: homila hayotining 3-4-haftasida oldingi ichakning I—II

visseral ravoqlari o'rtasidagi entoderma qalinlashib, o'simta hosil qiladi. O'simta

ichida dastlab bo'shliq bo'lib, uni qalqonsimon-til nayi deyiladi. O'simtaning

uchi qattiqlashib, homila hayotining 4-haftasida naycha atrofiyaga uchraydi va

uning boshlang'ich qismi tilning tanasi bilan ildizi o'rtasidagi ko'r teshikka

aylanadi. Nayning qattiqlashgan uchida qalqonsimon bez kurtagi hosil bo'ladi.

Bu kurtak kattalashib, mezenxima bilan o'raladi va ikki bo'lakka bo'linadi.

Bezning hosil bo'lgan bo'laklari pastga tomon surilib, o'z joyini egallaydi.

Qalqonsimon-til o'simtaning qalqonsimon qismi esa bezning piramida

bo'lagini hosil qiladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda qalqonsimon bez tuzilishi takomillashmagan

bo'ladi. U ko'proq taqasimon, yarimoysimon shakllarda uchraydi. Uning

kengligi bo'yin sohasida 30 mm, og'irligi 3 g. bo'ladi. Bez bo'laldari yaxshi

bilinadi. Ko'p hollarda bezning pastki chegarasi kekirdakning 5—6 tog'ayi

sohasigacha tushishi mumkin. Bola hayotining birinchi yilida bez parenximasi

tuzilishi takomillashsa ham o'smaydi. Keyinchalik, balog'at davrigacha astasekin o'sib 10—14 g, balog'at davrida o'sishi tezlashib, og'irligi 25 g, 20

yoshdan keyin esa 35 g bo'ladi.

Bolada qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi natijasida kretinizm xastaligi

kuzatiladi. Bunday bolalarning bo'yi sekin o'sadi, jinsiy taraqqiyoti to'xtaydi,

ruhiy rivojlanishdan orqada qoladi. Katta yoshdagi odamlaming qalqonsimon

bezi faoliyatining pasayishi miksidema kasalligiga olib keladi. Qalqonsimon

bez faoliyatining oshib ketishi esa tireotoksikozga olib keladi.


Qalqonsimon orqa bezlari (glandula parathyroidea), odatda, to'rtta (ikkita

yuqorigi va ikkita pastki) bo'lib, qalqonsimon bez bo'laklari orqa yuzasida

joylashgan yumaloq yoki cho'zinchoq tanachalardan iborat. Bu bezlar

qalqonsimon bezdan rangi bilan (bolalarda och pushti rang, kattalarda

sarg'imtir jigar rang) ajralib turadi. U tashqi tomondan fibroz kapsula bilan

o'ralgan bo'lib, undan bez ichiga qatlamlar kiradi. Qalqonsimon orqa bezlari

har birining uzunligi 4—8 mm, kengligi 3—4 mm, qalinligi 2—3 mm,

umumiy og'irligi 0,13—0,36 g bo'ladi. Qalqonsimon orqa bezlari paratgormon

ishlab chiqaradi. Bu gormon suyak to'qimaning parchalanishini va kalsiyning

qonga chiqishini ta’minlaydi. Paratgormon ikki qismdan iborat bo'lib: birinchi

qismi fosfomi buyrak orqali ajralib chiqishini, ikkinchi qismi kalsiyni

to'qimalarda to'planishini boshqaradi. Shuning uchun bu gormon ko'p ishlab

chiqarilsa, qonda kalsiy miqdori oshadi. Shu bilan biiga, qonda fosfor miqdori

kamayadi. Paratgormon kaltsitonin va vitamin D bilan birgalikda organizmdagi

kaltsiy almashinuvini ta’minlaydi.

Taraqqiyoti: qalqonsimon orqa bezlari uchinchi (pastki) va to'rtinchi

(yuqori) jabra cho'ntaklari epiteliyidan rivojlanadi. Homila taraqqiyotining

7-haftasida epiteliy kurtaklari jabra cho'ntaklaridan ajrab chiqib kaudal tomonga

suriladi va o'zining doimiy joyini egallaydi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda bezning uzunligi 3 mm, kengligi 1,5-2 mm,

uch yoshda uning uzunligi 3 mm, kengligi 5 mm, balog'at davrida esa 7 mm

bo'ladi. Bu davrda bez to'qimalari orasida yog' paydo bo'lishi munosabati bilan

uning rangi och pushtidan sarg'imtir rangga o'zgaradi va yuqorigi bezlar

pastkisiga nisbatan kattalashadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda qalqonsimon orqa

bezlarining umumiy og'irligi 6—9 mg bo'ladi. Emizikli davrda ulaming umumiy

og'irligi 3—4 marta ortsa, 5 yoshda unga nisbatan ikki marta, 10 yoshda esa 3

marta kattalashadi va 20 yoshda 120— 140 mg bo'ladi. Hamma yosh davriarida

bu bezning og'irligi ayollarda erkaklaiga nisbatan katta bo'ladi.

Qalqon orqa bezlarining faoliyati bolada oshib ketsa, giperkalsiyemiya

ro'y berib, suyaklanish jarayoni buziladi. Agar bezning faoliyati pasayib

ketsa gipokalsiyemiya va giperfosfatemiya ro'y berib, nerv mushak

qo'zg'alishi oshib ketadi.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling