1. Odamanatomiya fanini vazifalari, o`rganish usullari va rivojlanish tarixi


cho‘qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi (ostium uretrae internum)


Download 1.58 Mb.
bet27/41
Sana30.01.2024
Hajmi1.58 Mb.
#1810848
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41
Bog'liq
2 5321546225856551652

cho‘qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi (ostium uretrae internum),

pastki burchaklarida esa ikkita siydik yo'li teshiklari (ostia uretere) joylashgan.

Shilliq qavatda qovuq bezlari (glandulae vesicalis) bor.

2. Shilliq osti qavat (tela submucosa) yaxshi rivojlangan bo'lib, shilliq

qavatda burmalar hosil qiladi. Shilliq osti asosi qovuq uchburchagi sohasida

bo'lmaydi.

3. Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat joylashgan silliq mushak

tolalaridan iborat. Ular o'zaro aniq ajralmagan tashqi va ichki bo'ylama,

o'rta yaxshi rivojlangan ko'ndalang yo'nalishga ega. Qovuqning bo'yin sohasida

halqasimon tolalar siydik chiqaruv nayining ichki teshigi atrofida siydik

chiqaruv nayini qisuvchi mushakni (m. sphincter uretrae) hosil qiladi.

Qovuqning mushak qavati qisqarganda a’zoni hajmi kichrayadi va suyuqlik

siydik chiqaruv nayi orqali tashqariga chiqariladi. Qovuqning mushak qavati

vazifasiga qarab, siydikni haydab chiqamvchi mushak (m.detrusor vesicae)

deb ataladi. Seroz parda (tunica serosa) uni ust tomonidan qoplagan bo'lib,

qolgan sohalarda adventitsial qavat hosil bo'ladi.

Rentgenogrammada qovuq kontrast modda bilan to'latilganida to'g'ri

proyeksiyada tekis chegarali disk shaklida ko'rinadi. Yon proyektsiyada esa

noto'gri uchburchak shakliga ega bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq qovug'i duk shaklida bo'lib yuqori joylashgan.

Uning katta qismi qov ustida joylashgan
Erkaklaming tashqi tanosil a’zolari

Erkaklaming tashqi tanosil a’zolariga erlik olati va yorg'oq kiradi.

Erlik olati (penis) erkaklarda siydikni chiqarishga va urug'ni otishga xizmat

qiladigan a’zo hisoblanadi. U uch qismdan iborat. Erlik olatining orqa qismi

— ildizi (radix penis) qov suyaklariga birikkan. Uning oldingi erkin qismi—

tanasi (corpus penis) oldingi yuqorigi yuzasi — olat orqasi (dorsum penis)

deb ataladi. Erlik olati tanasi yupqa, oson so'riluvchi teri bilan qoplangan.

Bu teri yuqori tomonga qov terisiga, pastga esa yorg'oq terisiga o'tib ketadi.

Erlik olati tanasining oldingi qismida uning terisi erlik olati boshini yopuvchi

yaxshi bilingan teri burmasini — erlik olati kertmagini (preputium penis)

hosil qiladi va olat bo'yniga birikadi. Erlik olati boshining pastki tomonida

kertmak olat boshi bilan siydik chiqaruv kanalini tashqi teshigigacha boruvchi kertmak yuganchasini (frenulum preputii) hosil qilib birikadi. Erlik olatining

oldingi qismi olat boshi (glans penis) bo'lib tugaydi. Unda kengaygan qismi

-toji (corona glandis) va toraygan bo‘yni (collum glandis) tafovut qilinadi.

Olat boshi cho'qqisida erkaklaming siydik chiqaruv kanalini tashqi teshigi

(ostium uretrae externum) joylashgan. Teri burmasining ichki yuzasi va

olatning boshi olat tanasi terisidan farq qiluvchi yupqa, nozik teri bilan

qoplangan. Erlik olati kertmagi ichki yuzasi terisida bezlar (glandulae

preputiales) bo‘ladi.

Erlik olati ustida yonma-yon joylashgan juft g'ovakli tana (corpora

cavernosa penis) va ulaming ostida yotgan toq g‘ovakli tanadan (corpus

spongiosus penis) iborat. Juft g‘ovakli tananing har biri silindr shaklida

bo‘lib, orqa uchlari o'tkirlashib, erlik olati oyoqchalarini (crura penis)

hosil qilib, qov suyaklarining pastki shoxlariga birikadi. Ulami ust tomondan

oqliq parda (tunica albuginea corporum cavemosorum) o'ragan bo'lib, bu

parda ulaming o'rtasida erlik olati to'sig'ini (septum penis) hosil qiladi. Toq

g'ovakli tana orqa tomonda kengayib, olat piyozchasini (bulbus penis) hosil

qilsa, oldingi uchi qalinlashib, olat boshini hosil qiladi. Toq g'ovakli tana

tashqi tomondan oqliq parda (tunica albuginea corporis spongiosi) bilan

o'ralib, ichidan siydik chiqaruv nayi o'tadi.

Erlik olatining juft va toq g'ovakli tanalari endoteliy bilan qoplangan

ko'pgina bo'shliqlardan iborat bo'lib, qon bilan to'lganida ular kengayib,

erlik olati tanasi shishib qattiqlashadi (erlik olati ereksiyasi). Erlik olatining

g'ovakli tanalari bo'shliqlarirving devori to'siqlardan hosil bo'lib trabeculae

corporura cavernosum va trabeculae corporis spongiosi deyiladi.

Erlik olatining juft va toq g'ovak tanalarini list tomondan yuza va chuqur

fassiyalar (fascia penis profunda et fascia penis superficialis) o'ragan

bo'ladi, yuza va chuqur osiltirib turuvchi boylamlar bilan mustahkamlangan.

Yuza boylam qorinning oq chizig'i sohasida boshlanib, erlik olatining yuza

fassiyasiga birikadi. Chuqur boylam qov simfizining pastki qismidan

boshlanib, juft g'ovak tanalar oqliq pardasiga birikadi.

Erlik olati yangi tug'ilgan o'g'il bolada qisqa, uzunligi 2-2,5 sm bo'ladi.

Juft g'ovak tanalar kam taraqqiy etgan, toq g'ovak tana yaxshi rivojlangan

bo'lsa ham, uning piyozchasi o'lchami kichik bo'ladi. Olat terisi harakatchan

bo'lib, uning bosh sohasida kertmak hosil qiladi. Bu kertmak uzun bo'lib,

olat boshini berkitib turadi. Erlik olati balog'at davrigacha sekin o'sadi, so'ng

uning o'sishi tezlashadi.

Yoig'oq (scrotum) erlik olati ildizining orqasida va ostida yotadi. U ikki

alohida bo'limdan iborat bo'lib, ularda moyaklar joylashadi. Yorg'oqda 7

qavat joylashgan moyak pardalari tafovut qilinadi.

1. Yorg'oq terisi tananing boshqa qismlari terisiga nisbatan yupqa va rangi

to'qroq bo'lib, burmalar hosil qiladi, tuklar bilan qoplangan bo'ladi.

2. Go'shtdor parda (tunica dartos) teri osti yog' qatlami o'm ida, chov

sohasi va oraliqni biriktiruvchi to'qimadan hosil bo'ladi. Tarkibida silliq mushak

va elastik tolalari ko'p. Go'shtdor parda ikkala moyak o'rtasida to'siq (septum scrotii) hosil qilib, o‘ng moyakni chapidan ajratib turadi. Yorg'oq yuzasida

to‘siqlaming birikish chizig'i sagittal yo‘nalgan yoig'oq chokiga (raphe scroti)

to‘g‘ri keladi.

3. Tashqi urug‘ fassiyasi (fascia spermatica externa) qorin yuza

fassiyasining davomi hisoblanadi.

4. Moyakni ko'taruvchi mushak fassiyasi (fascia cremasterica) shu nomli

mushakni qoplab turadi.

5. Moyakni ko‘taruvchi mushak (m. cremaster) qorinning ko'ndalang

va ichki qiyshiq mushaklaridan boshlangan mushak tolalaridan iborat.

6. Ichki urug‘ fassiyasi (fascia spermatica interna) qorin ko'ndalang

fassiyasining hosilasi hisoblanadi.

7. Moyakning qinsimon pardasi (tunica vaginalis testis) qorin pardaning

qismi bo'lib, pariyetal va visseral varaqlardan iborat. Ular o'rtasida yopiq

seroz bo'shliq (cavitas vaginale) bo'ladi.

Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning yorg'og'i nisbatan kichik bo'lib, uning

go'shtdor qavati yaxshi rivojlangani uchun terisi burmalar hosil qiladi.

Yorg'oq terisi o'rtasida chok bo'lib, u olatning pastki yuzasiga o'tib ketadi.

Yorg'oq balog'at davrigacha kam o'zgaradi, keyin esa tez o'sadi va terisida

pigmentlar ko'payadi.


Ayollarning tashqi tanosil a’zolari


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling