1. Olmosh. Kishilik olmoshlarining grammatik xususiyatlari. Ko’rsatish olmoshlari grammatik xususiyatlari. So’roq olmoshlari


Download 31.44 Kb.
bet3/9
Sana08.01.2022
Hajmi31.44 Kb.
#246964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5. Olmosh so'z turkumi

Bularga ishni o’rgat. Yig’ilishga aytilgan ishchilardan hozircha shular kelgan. Birlik formasida shaxslarga nisbatan qo’llangan ko’rsatish olmoshlari familiar munosabatni ifodalash uchun qo’llanadi. M.: Bu mening aytganimga hech ko’nmaydi. Hamma gapni shu yetkazgan.

O’sha olmoshi ham shaxslarga nisbatab qo’llandi . A’zamjon bilan Toshkentda ko’rishgan edim , o’sha gapirib berdi. (A.Q.)

U olmoshi ko’pincha shaxslarga nisbatan qo’llanandi, lekin predmetni ifodalovchi otlar o’rnida ham keladi.Buni kontetkstdan bilsa bo’ladi. Ko’chada Nazirni ko’rib qoldim. Undan nega bugun ishga bormaganini so’radim. Endi bu suratni ko’ring uni osha yoqdan yuborgan.

Ot xarakteridagi ko’rsatish olmoshlari so’z birikmasi yoki gap o’rnida qo’llaninb , ularga ishora qiladi: Ertaga hammaning fikrini bilib, keyin loyihani boshlaymiz. Bu bizga ancha yordam beradi. Iqtidorli o’quvchilar juda intiluvchan boladi. Ular bizning kelajagimiz.

Sifat xarakteridagi ko’rsatish olmoshlari predmetning belgisini ifodalaydi. Ular ham nutq vaziyatiga qarab so’z, so’z birikmasi va gaplarga ishora qiladi: Gullarning ko’pi pushti rangda . Men shu rangni yoqtiraman. Kecha narigi mahallada to’y bo’lgan edi . Bugun ham dadam o’sha mahallaga ketganlar.

Ko’rsatish olmoshlari day (-dek, -doq, -daqa, -aqa, -daqangi, -aqangi), -cha affikslarini olib, sifat va ravish xarakterida qo’llanishi mumkin. (predmetning yoki harakatning belgisini if-di) : Shunday o’lka doim bnor bo’lsin…(H.O.) U shunday qolarmikan…(As. M.) Shuncha aytdim. (A.Q.)

Bunday olmoshlar quyidagi xususiyatga ega:

predmetning belgisini bldiradi: shunday kishi, o’shanday uylar:

harakatninng belgisini bildiradi: bunday ushlang bunday o’qing;

belgining belgisi –darajani bildiradi: shunday yaxshi odam , buncha chiroyli, shunday tez o’qiydi;

ko’chirma gapli konstruksiyaning avtor gapida hol bo’lib keladi va ko’chirma gapga ishora qiladi: Boshliq ularga qarab shunday dedi: “Bu masalani bugunoq hal qiling”.

modallik ottenkasiga ega bo’ladi: Nega hovliqib kelding? –Shunday, o’zim.

Qilib so’zi bilan birga kelib, avval bayon qilingan fikrni xulosalovchi kirish so’z bo’lib keladi: Shunday qilib, bo’ron bilan kelgan qiyinchiliklar orqada qoldi. (SH. R.)

Ha so’zi o’rnida kelib, tasdiq ma’nosini ifpdalaydi: Bu bilan bizni sinamoqchi bo’ldingizmi? -Shunday.

day affiksidan so’ng –roq yoki –gina affiksi qo’shilishi mumkin: a) kamlik ma’nosini if-di(yaxshisi bo’lmasa, bundayrog’idan beraqoling.) ; b) o’rin ma’nosini irfodalaydi ( bundayroq o‘tiring)

9) –gina forma yasovchiu affiksi qo’shiladi: … shundaygina qarab qo’ya qoldi; shundoqqina borib kelaman .

10) -day, -(d)aqa affikslaridan so’ng –(ng)gi qoshilib, belgini orttirib ko’rsatadi: shunaqangi sho’x.

Bunaqa, shunaqa, unaqa kabi belgini ifodalagan olmoshlar egalik olib otlashadi: -Shunaqasi bormi? –Yo’q, bunaqasi qolmadi. Shunaqasi so’zi ba’zan yo’nalish ma’nosini if-di: Shunaqasi kutubxonaga o’taman.

Sifat va ravish xarakteridagi ko’rsatuish olmoshlari –cha(liik) affiksini olib;

miqdor bildiradi: bunchalik qiyin; uncha ko’p emas; b) shuncha olmoshi payt ma’nosini if-di: Shuncha kutdingmi?

Shuncha so’ziga –ki yuklamasi qoshilib, e’tiborsizlik ma’nisini if-di: Shunchaki gapirdim-qo’ydim-da.

Ko’rsatish olmoshlari ma’nosiga ko’ra 2xil bo’ladi: 1) konkret ko’rsatish olmoshlari: shu, o’sha;2) konkret bo’lmagan ko’rsatish olmoshlari: u, bu.

Konkret ma’noni ifodalovchi ko’rsatish olmoshlari masofa va vaqtning yaqin- uzoqligini ifaodalashiga ko’ra ikki xil bo’lishi mumkin:a) shu – yaqin masofadagi predmetni va yaqinda sodir bo’lgan voqeaga ishora qiladi; b) o’sha- so’zlovchidan nariroqdagi predmetni yoki avvalroq bo’lgan voqeani bildiradi.

Konkret bo’lmagan ko’rsatish olmoshlari -- u, bu noaniq predmet, notanish shaxs yoki voqeani ko’rsatish u-n ishlatiladi.

Bu olmoshi avvaldan ma’lum bo’lmay, so’zlash momentidagina ma’lum bo’lgan , so’zlovchi yaqinidagi predmet yoki shaxsni ko’rsatadi:Bu ish hammani qiziqtiradi.

U olmoshi so’zlash momentidagina ma’lum bo’lgan, lekin so’zlash vaqtida mavjud bo’lmagan , so’zlovchidan uzoqroqdagi predmetni yoki oldinroq bo’lgan voqeani ko’rsatadi: u kishi , u yo’l;

Mana so’zi (mana bu, mana shu olmoshlari ham ) yaqindagi predmetgi, ana (ana bu /anavi/, ana shu )so’zi uzoqdai predmetga ishora qiladi.

Ko’rsatish olmoshlari so’z o’zgartuvchi va ayrim forma yasovchilarni qabul qiladi:

-da (ba’zan –dan ) affiksini olganda: a) predmetni, shaxsni ko’rsatadi: bundan so’radim, bunda shu kitob bor ekan; b) o’rinni bildiradi : Kichkina uy. Ota bilan qiz shunda yashar. (U.) Siz unda , biz bunda, o’rtada hijron (U.) d) payt ma’nosi :O’tgan yili lola sayliga chiqqandik. O’shanda biz eng baland cho’qqiga chiqqan edik. f) bog’lovchi vazifasini bajaradi: Biz hozir jo’naymiz, unda men bormayman//… unday bo’lsa men bormayman.




Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling