1. Olmosh. Kishilik olmoshlarining grammatik xususiyatlari. Ko’rsatish olmoshlari grammatik xususiyatlari. So’roq olmoshlari


Download 31.44 Kb.
bet4/9
Sana08.01.2022
Hajmi31.44 Kb.
#246964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5. Olmosh so'z turkumi

Qaratqich kelishigidagi ko’rsatish olmoshlari natijasida, orqasida, uchun kabi so’zlar bilan ; jo’nalish kelishigi formasidagi olmosh tashqari, buyon so’zlari bilan birga kelib yordamchi so’z vazifasida ishlatiladi: shuning (buning uchun) uchun, shuning natijasida, shunga ko’ra, bundan tashqari.

Ko’rsatish olmoshlari gapda bosh va ikkinchi darajali bo’lak bo’lib keladi. Ergashgan qoshma gapda nisbiy so’z va izohlanuvchi so’z bo’lib keladi: Meni qaysi ishga munosib ko’rsangiz, o’shanga yozing. Izohlanuvchi:Shuni bilki, seni Vatan kutadi.

Ko’rsatish olmoshlari kun, yil, payt, zamon kabi payt bildiruvchi otlar; yoq, tomon yer kabi o’ringa munosabatni ifodalovchi so’zlar bilan birikib payt yoki o’rin ma’nosini ifodalovchi ravishga ko’chadi.

SO’ROQ OLMOSHLARI. Nutq protsesida ishtirok etuvchilardan ma’lum bo’lmagan narsani aniqlab bilish uchun ishlatiladigan olmoshlar so’roq olmoshlaridir. Ular quyidagilar:

1)shaxsga nisbatan qo’llanuvchi olmosh: kim;

2) predmetga nisbatan qo’llnuvchi olmosh: nima:

3) belgini aniqlashga qaratailgan olmosh: qanday, qanaqa, qaysi:

4) sabab va maqsadni aniqlashga qaratilgan olmosh: nega, nimaga, nima uchun, nechuk;

5) miqdorga nisbatan qo’llnuvchi olmosh:: necha, qancha , nechtadan, nechanchi:

6) harakat- holatga nisbatan qo’llanuvchi olmosh: nima qildi, nima bo’ldi...

7) o’rin ma’nosini ifodalovchi so’roq olmoshlari : qani, qayerda;

8) payt ma’nosini ifodalovchi so’roq olmoshi: qachon,

Kim olmoshi otlar kabi egalik, kelishik , ko’plik affikslarini oladi.

-Ba’zan takrorlanib kelib ko’plik manosini if-di: Kim-kim keldi. Kim-kimlar so’zladi.

- Nisbiy so’z vazifasida (bunda –ki, -daki(m) yordamchilari ham qo’shilishi mumkin) keladi:Kim vijdonan ishlasa, u hurmatga sazovor bo’ladi. Kimki bo’lsa dolozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol.)

- -sa affiksini olib otga ko’chadi: kimsa.

- -lik yoki “ ekanlik” to’liqsiz fe’lini olib otlashadi: Mening kimligimni el bilsa bo’ldi.

Kim olmoshi ega, kesim, to’ldiruvchi , ba’zan aniqlovchi, hol bo’li keladi.

Nima olmoshi predmet yoki voqealarga nisbatan so’roqni bildiradi. Nima olmoshi quyidagi xususiyatlarga ega:

1) bir so’zi bilan kelib noaniq predmet ma’nosini if-di: bir nima shitirladi.

2) nima olmoshi hech qanday affikssiz ot oldidan kelganda predmetning beigisini aniqlashga xizmat qiladi: Nima ishing bor? Nima gap?



3)otlar kabi egalik, kelishik, ko’plik q’oshimchalarini so’roq ma’nosini yoki noianiq narsa predmet ma’nosinin if-di: Nimadan xafasiz? Nimadan gap ochishni bilmay turdi.(A.Q.)

4) takrorlanib qo’llnadi: nima-nima olding; nima –nimalar olding?

5) ba’zan shaxsga nisbatan so’roqni ifodalab kim o’rnida qo’llnadi: Sen o’zing odammisan? Nimasan?

6) –day affiksini oladi: Kattaligi nimaday keladi?

7) butun bir gapga nisbatan so’roqni ifodalab , so’z-gap bo’lib keladi: --Men ertaga ketaman .

-Nima?

8) modal so’z vaifasida keladi: Nima , menga ishonmaysizmi?

9)taajjub ma’nosini ifodalagan gaplarning kesimi bo’lib keladi: Bormayman deganing nimasi? Iya , bu nimasi? Ba’zan kirish birikma bo’li keladi: Bu nimasi, kap-katta odam uyalmaysanmi?

10) jo’nalish kelishigidagi so’zdan keyin kelib e’tiborsizlik, befarqlik ma’nosini ifodalaydi: Senga nima? Menga nima?

11) qotib qolgan jo’nalish kelishigi affiksini olib sabab yoki maqsad ma’nosini if-di: Nimaga kechuikdingiz? Nimaga kelding ?

11) –i+ki affiksi qo’shilib jamlik ma’nosini –“hamma narsa ma’nosini if-di: Uyda nimaiki bo’lsa , hammasini ol.

12) Nima so’zi ne shaklida (yolg’iz yoki takrorlangan holda) kelib: a) predmetga nisbatan qo’llanadiganda nima so’roq olmoshi vaifasida keladi: …tuz aynisa ne soladi?

b) qanday olmoshiga yaqin va gap mazmuniga qarab yomon, ko’p ma’nolarida ishlatiladi: Ne gunohim bor ediki, meni ayblaysiz. Ne ahvolda yotibdi.

Takrorlanib ne-ne shaklida ishlatilganda ma’noning ortiqligini emotsionallikning kuchliligini bildiradi: Ne-ne umidlar qiluvdim.

Nega (ne+(nima) ga ) olmoshi voqea –harakatning sodir bo’lishidagi sabab, maqsadni aniqlash uchun beriladigan so’roqni bildiradi.

1) bo’lishli fe’l oldidan kelib , sabab va maqsadni aniqlash uchun beriladigan so’roqni if-di: Nega kelding? Nega kechikding?

2) bo’lishsiz fe’l oldidan kelib deyarli hamma vaqt sababni bildiradi: Nega kuzatmadi? Nega olmadi?

3) nimagaki, negaki, nega desangiz formalarida sabab bog’lovchi si vazifasini bajaradi: U hozir buning sababini surishtirmadi, negaki vaqt juda tig’iz edi.

Necha (ne+cha) . predmetning miqdoriga nibatan so’roqni if-di:

1) sonlarga o’xshab –nchi, -ta, -tadan affiksklarini oladi: nechanchi, nechta, nechtadan .

2) fe’lga bog’langanda marta, hissa so’zlari bilan birga qo’llnadi: necha marta ko’paydi , necha hissa ko’paydi.

3)miqdorning ortiqligini (ko’p ma’nosini /ravish/) ifodalaydi : necha marta aytdim , ishonmadi. Necha-necha insonlar bundan aziyat chekkan.

4) otlashib, kelishiklarning hamma formalarida keladi.

5) –lar affiksini qabul qilganda noaniq, taxminiy paytni ko’rsatadi: Soat nechalar bo’ldi? Yoshingiz nechalarda?



Necha olmoshi gapda aniqlovchi, kesim, ba’zan payt holi; otlashganda ega va to’ldiruvchi vazifasida keladi.

Qanday (qandoq,qanaqa ) olmoshi quyidagi xususiyatlarga ega:

Sifat oldidan kelib belgining belgisini ortiqligini bildiradi. Bu undov gaplarda uchraydi:

Qanday chiroli joylar! Qanday ajoyib odam !

ot oldidan kelib, predmetning belgisiga nisbatan so’roqni bildiradi: Qanday fikrlaringiz bor? Bu guldasta qanaqa gullardan bog’langanini bilmaymiz. (A.Q.)

Fe’l-kesim oldida kelib harakatning yuzaga kelishidagi holatga nizbatan so’roq yoki belgining ortiqligini bildiradi: Qandoq totuv yashadi!. (S.A.) qanday o’qiyapti?

Miqdorni aniqlash uchun ishlatiladi: Do’ppining narxi qanday?

Ergash gaplarda nizbiy so’zlarning oldingi komponenti bo’lib keladi: Siz qanday ko’rsatgan bo’lsangiz men shunday ishladim.

Gapda aniqlovchi, hol, kesim; otlashganda boshqa bo’laklar vazifaisda ham keladi.

Qaysi olmoshi predmetning tartibga yoki o’ringa ko’ra belgisini aniqlash uchun qo’llanadi: Qaysi kishi? Qaysi uy?

Qaysi sifat xarakteidagi olmosh bo’lgani uchun (I shaxs egalik affiksidan tashqari ) egalik,

va kelishik affikslarini oladi :qaysinng?, qaysimiz? qaysisi?

Gapda aniqlovchi, kesim , otlashganda ega to’ldiruvchi bo’lib keladi. Nisbiy so’z vazifasida ham keladi.

Qancha son-ravish xarakteridagi olmosh b-b, predmet yoki harakat ning miqdoriga ko’ra belgisini aniqlash uchun beriladigan so’roqni bildiradi. Qancha kitob olding? Uzumning narxi qancha ?

Nisbiy so’zlarning birinchi komponenti bo’lib keladi: Yerning nami qancha ko’p bo’lsa, urug’ shuncha tez unib chiqadi.

Gapda yakka yoki takror holda kelib miqdorning ortiqligini bildirib “ ko’p” ma’nosini if-di: Qancha aytdim, ko’nmadi. Tabiiy ofatdan qancha –qancha odamlar zarar ko’rdi. Ba’zan takrorlanganda birinchi olmosh chiqish kelishigi af-sini olishi mumkin: Qanchadan-qancha odamlar bu kularni orzu qilishgan edi.

Gapda aniqlovchi , hol, kesim, otlashganda iga va to’ldiruvchi bo’lib keladi.

Qanchon olmoshi harkat-voqeaning bajarilish vaqtini aniqlash uchun beriladigan so’roqni bildiradi. Asosan fe’lga bog’lanib, payt holi vazifasida keladi. Otlashish xususiyatiga ega emas.

Qani olmoshi o’rinni aniqlsh uchun beriladigan so’roqninif-di. Gapda ko’pincha kesim bo’lib keladi:Kitoblarim qani?

Modal ma’no ifodalab, kirish so’z bo’lib keladi: Qani, yuqoriga o’ting. Qani , bunga siz nima deysiz?

Qalay olmoshi voqea-hodisaning va harakatning bajarilish holatini aniqlash uchun beriladigan so’roqni bvildiradi: a)holatni belgilash uchun qo’llanganda ko’pincha gapda kesim bo’lib keladi: Ahvolingiz qalay? b) harakatning bajarilish holatiga nisbatan qo;’llanganda hol vazifasini bajaradi: U yoqda qalay yahsayapsizlar? d) kirish so’z vazifaisda ham keladi : Qalay, ishimiz sizga ma’qulmi?

JAMLASH-BELGILASH OLMOSHLARI . Jamlash-belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yi’gindisini, to’dasini bildiradi yoki ularni ayirib ta’kidlab ko’rsatadi.

Jamalsh olmoshlari : hamma, barchas, bari, jami, barcha , butun, yalpi.




Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling