1. Olmosh. Kishilik olmoshlarining grammatik xususiyatlari. Ko’rsatish olmoshlari grammatik xususiyatlari. So’roq olmoshlari


Download 31.44 Kb.
bet2/9
Sana08.01.2022
Hajmi31.44 Kb.
#246964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5. Olmosh so'z turkumi

Tayanch tushunchalar: Olmoshlar barcha mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’zlar hamda gap o’rnida almashinib qo’llanuvchi ularga ishora qiluvchi so’zlar; olmoshlar qanday so’zlarning o’rnida almahsinib kelishiga ko’ra va qanday ma’no ifodalashiga ko’ra bir nech a ma’no turlariga bo’linadi; pronominalizatsiya.
Barcha mustaqil so’z turkumlari va hatto yordamchi so’zlar hamda gap o’rnida almashinib kelgan so’zlarga olmosh deyiladi. (11) Olmoshlar bevosita atash ma’nosiga ega bo’lmaganligi uchun “ichi bo’sh so’zlar” deb ham yuritiladi. (11)

Olmoshlar shxs, predmet, belgi, yoki miqdorga xos bo’lgan umumiy (mavhum ) ma’noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma’no nutq jarayonida aniq aniq yuzaga chiqadi. Ko’pgina olmoshlkarning mustaqil so’z turkumlari ichida ekvivalenti –prototipi bo’ladi. Ba’zi olmoshlarnig prototiti bo’lmaydi: kim, qanday, men, sen kabi.

- olmoshllar o’zlari almashgan so’zlar kabi morfologik jihatdan o’zgaradi.

- olmosh qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llansa , shu turkumga xos sintaktik vazifa vazifani bajaradi: Bugun akam safardan qaytdi. U ancha o’zgaribdi. Dugonam yashil rangni tanladi. Bu rang menga ham ma’qul bo’ldi.

- sanoqli affikslar orqali olmoshlardan boshqa so’z turkumlari yasalishi mumkin: manmanlik, mensimoq, sensiramoq.

Olmoshlar qanday so’zlarning o’rnida almasinib leilshi va qanday ma’noni ifodalashiga ko’ra bir necha ma’no turlariga bio’linadi.1Kishilik olmoshlari. 2.Ko’rsatish olmoshlari.3. So’roq olmoshlari. 4. O’zlik olmoshi.5.Jamlash- belgilash olmoshlari.



6. Bo’lishslik olmoshi 7.Gumon olmoshlari.

KISHILIK OLMOSHLARI. Shaxs ma’nosini bildiruvchi olmoshlarga kishilik olmoshalri deyiladi:

Shaxs Birlik Ko’plik

I men biz (sof kishilik)

II sen siz (sof kishilik)

III u u (lar) (kishilik- ko’rsatish)

Kishilik olmshlari shaxslarni ifpdalaganda , shaxslar o’z ma’nosidan ko’chdgan holda qo’llanishi mumkin. M.:

Biz olmoshi II shaxs siz olmoshi o’rnida qo’llanadi. Bunda tashviq ma’nosi ham anglashiladi: Qani, endi biz ishga tushaylik.

Biz- ko’plikni ifodalovchi olmosh birlik uchun qo’llanadi: Bu ishni biz bajardik. ( maqtanish kibr ma’nosida)

Men o’rnida biz olmoshi ishlatilib, kamtarlik ma’nosi ifodalanadi: Biz bu maqolada ushbu muammoni olib chiqdik.

Sen o’rnida siz, u o’rnida ular olmoshi ishlatilib hurmat ma’nosi naglatiladi: 1. Farhod, siz sinfimizning faxrisiz. 2.Oyijon, men sizni juda yaxshi ko’raman. 3. Bugun xolamni ko’rdim. Ular sizga salom aytdilar.

Siz olmoshi, ko’pincha , birlik sonda hurmat ma’nosida qo’llanganligi sababli ikkinchi shaxs ko’plik sonda sizlar shaklida ishlatilishi mumkin.: Sizlar kelajagimiz.

Kishili olmoshiga –lar ao’shimchadi qo’shilganda turli ma’ni voqelanadi: --Senlarga aytyapman. (kamsitish ma’nosida) Sizlarda insof bormi? (ko’plik ma’nosida)

Kishilik olomoshlari -gina, -cha, -day kabi affikslarni olib gapda turli vazifada qo’llanadi:

-gina affiksi qo’shilganda chegaralab ko’rstish ma’nosi: Majlisda cengina kechikding.

- cha affiksi qo’shilganda fikrning kimga qarashli ekanligi ma’nosi: sen(ing)cha, men(ing)cha; kirish so’z vazifasida keldi.



-day (-dek) affiksi qo’shilgan kishilik olmoshlari o’xshatish yoki ma’noni kuchaytirish kabi ottenkalarni biladiradi va aniqlovchi, hol vazifasida keladi:Sizday odam gapirdi. Bizday ishlang.

KO’RSATISH OLMOSHLARI. Ko’rsatish olmoshlari mustaqil so’zlar yoki gaplar , so’z birikmalari , hatto matn o’rnida kelib ularga ishora qiladi. M.: u, bu, shu, o’sha, ana, mana, ushbu kabi.Mustaqil so’zlar orqali ifodalangan shaxs, predmet, belgi, harakatlarni ko’rsatib kelgan olmoshlarga ko’rsatish olmoshlari deyiladi.

Ot xarakteridagi ko’rsatish olmosh lari otlar kabi shaxs yoki predmetlarga ishora qiladi:

-lar bilan birga qo’llanib, ko’plik, hurmat ma’nosini ifodalaydi.




Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling