1. Olmosh. Kishilik olmoshlarining grammatik xususiyatlari. Ko’rsatish olmoshlari grammatik xususiyatlari. So’roq olmoshlari


Download 31.44 Kb.
bet8/9
Sana08.01.2022
Hajmi31.44 Kb.
#246964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5. Olmosh so'z turkumi

Nechukdir, nima uchundir olmoshlari ham noaniq sabab ma’nosini if-di.

So’roq olmoshlariga ham yordamchisini qo’shish bilan ham hosil qilinadi:Sizni kecha kim ham eslayotgan edi-ya. Kimniyam chaqirishayotgan edi. Nima bilan ham isbotlashmoqchi bo’ldi, lekin isbotlay olmadi.



Bir so’ziga nima, narsa so’zlarini qo’shish bilan :bir nima, bir narsa. Bir nima olmoshi hamma vaqt ham noaniqlik ma’nosini ifodalamaydi. Agar gapning kesimi bo’lishli formada bo’lsa, bir nima so’zi gumon olmoshi vazifasida qo’llanadi: Kozimga bir nima ko’rindi. Samandarov stol tortmasidan bir nima qidirar ekan.. (A.Q.)

Birov (bir+ov) so’zi ham “begona “ , “notanish”, kimdir” ma’nsini if-di. Birov u dedi, birov bu dedi.

Birov so’zi kesimi bo’lishsiz shaklda kelgan inkor gaplar tarkibida kelib, bo’lishsizlik olmoshi vazifasida bo’ladi: Bunga birov tushuna olmas, birov ishonmas edi.

Ba’zi so’zi aslida noaniq belginiu ko’rsatib, gapda sifat vazifasida keladi: ba’zi odamlar, ba’zi uylar.

O’rin-payt kelishigi qo’shimchasini olib noaniq payt ma’nosini bildiradi: Ba’zida shoshib qolardi. –lar affiksini olib noaniq shaxs ma’nosini if-di: Ba’zilar bunga ishondi, ba’zilar ishonmadi.



Falon so’zi ham noaniq belgi va shaxsga nisbatan qo’llanadi.

OLMOSHLARNING TUZILISHI JIHATDAN TURLARI. Olmoshlar tuzilishi jihatidan 2 turga bo’linadi. 1) sodda olmoshlar : kim, bu, shunday allnima qandaydir v.b.;

2)qo’shma olmoshlar : mana bu, ana shu, har kim hech qaysi v.b. Olmoshlar takrorlanib (shu-shu, kim-kim , qancha-qancha), juftlanib (u-bu, uni-buni) qo’llanadi.

Juftlanish, takrorlanish natijaisda olmoshlar ko’proq boshqa turkumga—ravishga o’tadi: (o’zidan-o’zi, o’sh-o’sha), fe’lga (sansanlamoq), otga( manmanlik, uni-buni)ko’chadi.



BOSHQA TURKUMGA OID SO’ZLARNING OLMOSHGA KO’CHISHI ( PRONOMINALIZATSIYA). Nutqda ma’lum shaoritga qarab ba’zi ot, sifat va sonlar asl ma’nosini o’zgartirib abstraktlashadi, umumlashadi- olmoshga ko’chadi. Masalan: odam, kishi, inson, harsa kabi otlar; ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni.—Uning ko’nglini olishga bir inson topilmadi . –hech kim topilmadi. Sizni bir odam chaqiryapti.— kimdir chaqiryapti. Vazifalarimiz quyidailardan (tubandagilardan) iborat. –shulardan iborat. Ularning ba’zilarini taniyman, ayrimlarini tanimayman. Odam ketgisi keladi.-- Men ketgim kelyapti. Bularni ko’rib quvonasan kishi. Men quvonaman yoki … hamma quvonadi.


Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling