1. Olmosh. Kishilik olmoshlarining grammatik xususiyatlari. Ko’rsatish olmoshlari grammatik xususiyatlari. So’roq olmoshlari


Har kim --“hamma”, “har qanday odam” :Yalinganday har kimga


Download 31.44 Kb.
bet7/9
Sana08.01.2022
Hajmi31.44 Kb.
#246964
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5. Olmosh so'z turkumi

Har kim --“hamma”, “har qanday odam” :Yalinganday har kimga termuladi. (O.) Har kimning o’z orzusi bor.(A.Q.)

Har nima, har narsa—“har xil narsa”,” hamma narsa”ma’nosi:Har narsalarni o’ylayver-mang. Har nimadan hadiksiraamng.

Har qanday( har qanaqa) –“predmat va shaxslarni umumolahstirgan holda “ ko’rsartadi: har qanday ayolning uga havasi kelar edi. Har qanaqa maslahatga ko’nmang.

Har qaysi— sifat xaraterida keladi: Har qaysi oilaning o’z muammosi bor.

Har qancha—“miqdorning ortiqligi”ni ko’rsatadi: Sizga har qancha xizmat qilsak ham oz.

Har qachon—“hamma vaqt” manosida ravish xaraterida : U har qachon o’z hukmini o’tka-zib o’rgangan odam. (A.Q.)

Har so’zi payt(on, zamon, vaqt, yil,kun ) bildiruvchi so’zlar bialn birikib paytga munosabat-ni, o’rin (joy,yer, tomon)bildiruvchi so’zlarga birikib oringa munosabatni if-di.

Har so’zi har holda, har qalay, harna, har tugur, har ehtimol (har ehtimolga qarsh) kabi so’zlar tarkibida kelib modal ma’no if-di.

Belgilash olmoshlari gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo’lib keladi.

BO’LISHSIZLIK OLMOSHLARI. Bo’lishsizlik olmoshlari ma’no jihatdan belgilash olmoshlarining zidi bo’lib, barcha predmet, belgiga nisbatan inkor ma’nosini—bo’lishsizlikni bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok etgan gapning kesimi bo’lishsiz formada bo’lib, inkor gap hisoblanadi.

Inkor olmoshlariga hech so’zi va shu so’zning ba’zi so’roq olmoshlari va bir, narsa kabi so’zlar bialn birikishidan hosil bo’ladi: a) tub bo’lishsizlik olmoshi-hech; b) qo’shma bo’lishsizlik olmoshlari—hech+ kim, nima, qanday, qanaqa, qachon, bir, narsa kabi so’zlarni qo’shish bialn hosul bo’ladi.



1.Hech so’zi yakka holda ko’pincha fe’llar oldida kelib ravish funksiyasida ish-harakatning batamom inkorini bildiradi: hech tashvishlanmang, hech o’ylamang.

Hech so’zi bo’lmasa so’zi oldidan kelib, gapda eng minimal shart ma’nosini if-di: Hech bo’lma-sa, bugun kechikamsaydi.

2.So’roq olmoshlari hech so’zi baln birikib kelganda so’roq olmoshlarining ma’nosi o’zgarib shaxs (hech kim), predmet (hech nima), miqdor(hesh qancha), belgi (nech qanaqa, hech qanday, hech qaysi), payt(hech qachon)ga nisbatan inkorni if-di.



Hech so’zi mahal, vaqt so’zlari bilan birikib( hech mahal, hech vaqt)paytga nisbatann inkorni; yer, joy kabi so’zlar bilan birikib ( hech yer+ kelisiklar, hech joy+kelishiklar), joyga nisbatan inkorni bildiradi.

Hech + narsa—predmetga nisbatan inkorni bildiradi-- (nech nima)

Bir narsa, bir nima tipidagi olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimi bo’lishsizlikni ifodalasa inkor olmoshi vazifasini bajaradi: Qo’l uzatib bir narsa olmas edi. …-hech narsa olmas edi. Lekin hech ikm yorilib bir nima demas edi. …- hech nima demas edi.

Kimsa so’zi ham shaxsga nisbatan inkorni if-di: Lekin shaftoliga kimsa boqmaydi.(O.) …hech kim boqmaydi.

GUMON OLMOSHLARI. Gumon olmoshlari predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib ularga umumuiy va taxminli ishora qiladi. Gumon olmoshlari asosan ot va sifat xarakterida bo’ladi.

Gumon olmoshlari quyidagicha hosil bo’ladi:

1. alla– elementini ba’zi so’roq olmoshlariga qo’shish bilan: allakim, allanima, allaqanaqa, allaqayer,allaqayoq, allaqachon, allaqancha, allanechuk,allanechanchi.

Payt bildiruvchi vaqt, mahal, palla kabi so’zlar ham alla– elementi balan qo’shilib, paytga nisbatan noaniqlikni if-di: allamahal, allapayt kabi.

dir elementini so’roq olmoshlariga qo’shish bilan hosil qilinadi. Ot ,sifat, ravish xarakteridagi olmoshlar yasaydi: kimdir, nimadir qandaydir, qachondir, negadir.




Download 31.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling