7. Savod o‘rgatish jarayoni yozuv darslarida o‘tkaziladigan diktant turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ta’limiy diktant, izohli diktant, rasm diktant, yoddan yozuv diktant, saylanma diktant
B) tekshrish diktanti, harfiy diktant, bo‘g‘in diktanti
C) harfiy diktant, ta’limiy diktant
D) ta’limiy diktant va tekshirish diktanti
8. Savod o‘rgatish jarayonida differensial yondashishda topshiriqlar qay tarzda beriladi?
A) 1-guruh uchun “Alifbe” ning ham materiali, 2-guruh uchun alifbedagi matn, 3-guruh uchun alifbedagi so‘zlar ustunchasi
B) 1-guruh “Alifbe” va qo‘shimcha topshiriqlar, tarqatma materiallar, 2-guruh uchun alifbe materiali, 3-guruh uchun jamoaviy tayyorgarligidan so‘ng yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilardan so‘ng alifbe materialini o‘qitish
C) 1-guruh uchun “Alifbe” va qo‘shimcha topshiriqlar, 2-guruh uchun alifbedagi matnlar, jadvallar, 3-guruh uchun ham alifbe materiallardan foydalaniladi
D) Uchala guruh uchun asosiy o‘quv materiali “Alifbe” darsligi hisoblanadi
9. Savod o‘rganish davrida qanday yozuvlardan foydalaniladi?
A) harfli, bo‘g‘in, so‘z va gap diktantdan
B) ko‘chirib yozuv, diktant va ijodiy yozuvdan
C) izohli va saylanma diktantdan
D) namuna asosidagi yozuvdan
10. Fonematik eshitish qobiliyatini o‘stirish deganda nimani tushunasiz?
A) so‘zlarni to‘g‘ri, aniq tallafuz qilish, tallaffuzda ayrim tovushlarni farqlash
B) bo‘g‘indan tovushni ajrata olishni
C) so‘zlovchining nutqini tushuna olishni
D) so‘zlovchining nutqini tushunib, uni ifodali qaytara bilishni
11. Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchini o‘qishga o‘rgatishning kaliti nimada deb hisoblaysiz?
A) idrokni, xotirani, taffakurni, nutqni o‘stirish
B) o‘qishni muntazam mashq qilish
C) tez va aniq idrok qilish, diqqatdagi barqarorlik, uzoq esda saqlash, xotiraning tayyorligi, tafakkurning puxtaligi nutqning boyligi
D) turli mashqlar yordamida so‘zlovchining nutqini anglashlari va qayta ifodalay bilishlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |