2-ilova
3-ilova
Guruhli ish uchun o’quv topshiriqlar
4-ilova
Yangi o’quv materialini slaydli taqdimoti
1. O`zbekistonning umumsayyoraviy jarayonlarga qo`shilishi.
O`zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o`zaro uzviy bog`langan yo`nalishlarda amalga oshirishga kirishdi.
Birinchisi, mamalakatning ichki dunyosida , ya`ni iqtisodiyot, ma`naviyat, siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlardan iborat;
Ikkinchi yo`nalish, xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish, ya`ni qarama-qarshi kuchlar o`rtasidagi ziddiyatlarni barqarorlashtirish, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga o`tish, insoniyatga umumiy xavf tug`diruvchi terrorizm, narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi;
O`zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Mafkuraviy qarashlardan qat`iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik; umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish;
Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
Inson huquq va erkinliklarini hurmatlash;
Xalqaro huquqning umume`tirof etilgan qoidalari va normalarning ustivorligi;
Ittifoqlar tuzish , hamdo`stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o`zaro manfaatdorlik;
Bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;
Do'stlaringiz bilan baham: |