1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Ilk o’rta asrlar o’zbеk davlatchiligi (Eftalitlar davlati, Turk hoqonligi), uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti


Download 0.72 Mb.
bet15/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

11.Ilk o’rta asrlar o’zbеk davlatchiligi (Eftalitlar davlati, Turk hoqonligi), uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. V asrning o'rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. Bu nom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh nomidan olingan. Uni Vaxshunvar deb ham ataganlar, u eftallar yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa vaqt ichida Chag'oniyon, Toxariston va Badaxshon bo'ysundiriladi. Bir zarba bilan Sug'dda o'z hukmronligini o'rnatadi. Eftallarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. 484-yildagi jangda sosoniylarning shohi Pero’z halok bo’ladi, urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Shunday qilib, V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlarini birlashtirgan, ilk o'rta asrlarning yangi qudratli davlati bisoblangan Eftallar davlati tashkil topadi. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-xil bo'lgan. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti esa biri ikkinchisinikidan keskin farq qilgan. Eftallar kelib chiqishiga ko'ra ko'chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli chorvachilik bilan shug'ullanib, yaylovlarda o'tov qurib yashaganlar. Keyinchalik eftallar zabt etgan yerlarda savdo-sotiq rivojlandi. Shunday qilib yillar o'tishi bilan ular omilkor mahalliy aholi bilan qorishib keladilar. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g'alladan tashqari sholi ham yetishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, V-VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O'rta Osiyo yerlarida paxta ekilgan. Uning tolasidan oppoq va nihoyatda mayin mato to'qil­gan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo'lgan. Chunki o'sha davrlarda Xitoyda paxta hali ekilmas edi. Aholining dashtliklarda yashovchi yarim ko'chmanchi qismi chorvachilik, xususan qoramol va qo'y-echkilar boqish, tuyachilik, tog'li va tog'oldi mintaqalarida esa yilqichilik bilan shug'ullanishgan. Shu davrda Chag'oniyon (Surxondaryo), Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz), Naxshab (Qarshi) va Toshkent atroflari to'la o'zlashtirilib, alohida-alohida dehqonchilik vohalari shakllanadi. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo'lgan eftallar «Ipak yo'li»ni o'z nazoratlari ostida tutib turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, Eron va Vizantiya bilan bo'lgan xalqaro savdoda faol qatnashardi. Shu boisdan davlat boshqaruvida qonun-qoidalar tarkib topgan. Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan. O'troq aholining bir qismi sug'd tilida, ikkinchi qismi turkrj tilda so'zlashgan. Eftallar yozuvi Baqtriya yozuvo asosida paydo bo’lgan bo’lib, u 25 harfdan iborat bo'lgan. Xat chapdan o'ngga tomon ko'ndalangiga yozilgan. Eftallar otashparast bo'lganlar. Markaziy Osiyodagilari esa budda, nasroniy va zardusht dinlariga e'tiqod qilishgan. Ularning so'nggi avlodlari o'zbek turkman va turk elatlari tarkibiga singib ketgan. Shunday qilib, O'rta Osiyo aholisi­ning madaniy an'analari Hindiston va Eron tasviriy uslublari bilan omixtalashib, ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishida mustahkam poydevorga aylanadi. Turk Xoqonligi. VI asr o'rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin «xoqon» deb e'lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g'arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga «Yabg'u xoqon» degan unvon beriladi. 555-yil-ilayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng o'lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftallar davlati hududlariga borib yondoshadi. Turk xoqonligining eftallar bilan to'qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyo­siy vaziyat xoqonlikni Eron, so'ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo1 lishidan manfaatdor edi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567-villarda zarbaga uchragan Eftallar davlati bir asrdan oshiqroq hukmronlikdan so'ng lamomila barbod bo'ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o'zaro bo’linadi. Eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o'zgaradi. Endilikda o'z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadarli Ipak yo'li ustida haqiqiy sarbon bo'lib oladi. Turk xoqonligi qanchalik katta bo'lma-sin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so'zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat. bo'lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug'-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma'muriy boshqaruvga asoslangan. Xoqonlikda budun-chorvador aholi, xoqon-buyuk hukmdor, podshoh Yabg'u xoqon- urug'idan bo'lgan yurt hokimi, shod-o'n ming qo'shin qo'mondon bo’lgan, yasoq-dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq. Turk xoqonligi tasarrufida bo'lgan hududlardagi hokimlari mustaqil bo'lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan. Buning ustiga Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada o’g’irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirida ikkiga: Sharqiy va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog'lari sharqidan to Uzoq Sharqgacha bo'lgan hudud Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo’lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O'tukan vodiysida qaror topgan. Oloy tog'larining g'arbida joylashgan o'lkalar:Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G'arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan. G'arbiy xoqonlik o'troq voha va viloyatlarni boshqarishda, garchi qator mavjud mahalliy sulolalarni saqlab qolgan bo'lsada, ammo strategik jihatdan muhim ahamiyatga molik ayrim o'lkalarda turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan. Sharqiy xoqon­lik aholisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. G'arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o'troq dehqonchilik. hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg'ul edi. VII asrning birinchi choragida G'arbiy xoqonlik nihoyatda kuchayadi. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo'ylariga borib taqaladi. G'arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug'ullangan o’troq qismi madaniy jihatda ilg’or bo’lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtisodiy turmushida yetakchi rolni o’ynagan.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling