1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Vatanimiz hududlarida vujudga kеlgan Qang’ va qadimgi Farg’ona (Davan) davlatlari


Download 0.72 Mb.
bet12/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

8.Vatanimiz hududlarida vujudga kеlgan Qang’ va qadimgi Farg’ona (Davan) davlatlari. Miloddan avvalgi III-asrda saklar Qang’ davlatiga asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo’rg'on tumanidagi Qang'ha shaharxarobasi saklarning o’sha kezlardagi poytaxti Qang'dez bo’lib, unga miloddan avvalgi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. Qang' davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan edi. Uning hukmdorlari hatto o’z nomidan tanga zarb qiladi. Qang' davlatida ulkan istehkomlar, qal'a, shahar ibodatxonalari, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etiladi. Davlat markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o’troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keldi.Mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’ini o’tganligi imkon yaratdi. Lekin, ayni shu hol Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu urushlarda Qang' davlati aholisini ko’pincha g'olib chiqar edilar. Milodiy III asrga kelib Qang' davlati parchalanib ketdi. Dovon davlatining vujudga kelish tarixi (Xitoy manbalarida bu o’lka shu nom bilan, boshqa manbalarda Parkana deyilgan) va inqirozga yuz tutish yillari aniqlanmagan. Bu davlat, taxminan, miloddan avvalgi III asrdan to milodiy II asrgacha mavjud bo’lib, Farg'onada joylashgan.Dovon davlati tarixi haqidagi batafsil ma’lumot Xitoy yilnomalarida uchraydi va ular milodiy I-II asrlarga doirdir. Masalan, Dovonda bo’lgan xitoy sayyohi Chjan Syan bunday deb yozadi: "Dovon diyorida 70 tacha katta-kichik shahar bor; aholisining soni bir necha yuz mingga yetadi. o’q-yoy va nayzalar bilan qurollanishgan. Xalqi ot choptirib o’q otishga mohir". Xitoy tarixchilarining guvohlik berishicha, Dovon davlati hududlari hozirgi Toshkent vohasigacha brogan. Xitoy hukmdorlari bir necha bor bu davlatni bosib olmoqchi bo’ldilar, biroq ularning harakatlari behuda ketdi. Harbiy yurishlarning birida ular Dovon davlatining poytaxti Ershini qo’lga kiritdilar, biroq aholining tazyiqi ostida tovon evaziga uni tashlab chiqishga majbur boidilar.Dovon davlati Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo’lgan xalqaro savdoda muhim o’rin tutgan. Xitoy hukmdorlarini ko’proq Farg'onaning zotli otlari qiziqtirardi. "Samoviy otlar" deb nom olgan otlar go’zal ko’rinishga ega bo’lgan.Farg'ona davlatining Sho’rabashat, Uchqo’rg'on singari va boshqa shaharlari atrofidagi aholisi yerni ishlash, sholi va bug'doy yetishtirish, bog'dorchilik va uzum yetishtirishda katta yutuqlarga erishgan. Olimlarning aniqlashicha, milodiy II asrda Dovon ko’chmanchi qabilalar tomonidan bosib olingan.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling