1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Zardushtiylik dinining vujudga kеlishidagi tarixiy shart-sharoitlar


Download 0.72 Mb.
bet7/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

2.Zardushtiylik dinining vujudga kеlishidagi tarixiy shart-sharoitlar. O’rta Osiyoda mil. avv. 1-mingyillikning birinchi yarmida zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov (Quyosh), tuproq, suv, oy, yulduzlarga sig'inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. "Zardushtiylik" so’zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Keyinroq Yunonistonda payg'ambar Zardushtning ismi "Zoroastr" shaklida jarangladi (yunoncha "astron"-"yulduz" so’zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, yulduzshunos, munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta'limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi. Zardushtiylik dini tarqala boshlagan kezlarda ibodatxonalar ham, odamlar duo matnlarini o’rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan qarshisida yoki uydagi o’choq olovi atrofida o’tkazilgan. Miloddan avvalgi 1- mingyillik boshlarida turli qabilalarni istilochilar bilan kurashda birlashtirish zaruriyati tug'ildi. Zardusht o’z va'zlarida birlikka chorlagan edi. Zardushtning so’nggi va'zlari din xizmatchilari bo’lmish kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o’qib berar edilar. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar o’tgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo’lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi "Avesto" bo’lib, "qatiy belgilangan qonun-qoidalar" degan ma'noni anglatadi. Fransuz olimi A.Dyuperron ilk marotaba "Avesto"ning alohida qismlarini tarjima qilish baxtiga muyassar bo’lgan. Zardushtiylik dunyoga kelishi haqida shunday bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo’yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko’rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo’l ko’rsatibdi. Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko’p o’tmay oliy iloh qarshisiga borib qolibdi. Ahuramazda unga Zardushtni xudo Ahuramazda va uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun tanlaganini ma’lum qilibdi.Shu alfozda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg'ambariga aylangan. "Payg'ambar" so’zining o’zi esa "ezgu amallar haqida mujda beruvchi" ma'nosini anglatadi. "Avesto’o’ing ilk qismi mil. avv. IX-VIII asrlarda paydo bo’lgan. Zardusht va'zlari matnlarining hammasi miloddan avvalgi III asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar "Avesto" asosini tashkil etgan edi. "Avesto" matnlariga sharh esa "Zand" deb yuritiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling