1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Ikkinchi jahon urushida O’zbеkiston xalhining fashizm ustidan erishilgan g’alabaga qo’shgan hissasi
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
58. Ikkinchi jahon urushida O’zbеkiston xalhining fashizm ustidan erishilgan g’alabaga qo’shgan hissasi. Fashistlar Germaniyasi sobiq Sovet Ittifoqi tuprog'iga bos-tirib kirgan birinchi kunlar xalq uchun juda og'ir va fojiali bo'ldi. Urushning birinchi soatida boshlangan Brestqal'asining qahramonona mudofaasi butun jahonga ma'lum. Brest qal'asi himoyasida jasorat ko'rsatganlar orasida o'zbekistonliklardan A.Aliyev, DAbdullayev, N.Siddiqov, A.Arslonbekov, F.Latenkov, U.O'tayev, M.Hojiyev, S.Boytemirov va boshqalar bor edi. M. Karimov keyinchalik uch marta Shuhrat ordeni nishondori bo'ldi.O'zbekistonlik jangchilar Kiyev, Smolensk, Odessa, Sevastopol, Leningrad va boshqa ko'pgina shaharlar mudofaasida mardlik va matonat ko'rsatdilar. Moskvaning qahramon himoyachilari saflarida O'zbekistonda tuzilgan harbiy qismlar ham bor edi. O'zbekistonlik jangchilar Moskva mudofaasida beqiyos jasorat ko'rsatdilar. Ular orasida I.Jadilov, M.Madaminov, A.Tog'ayev va boshqalar bor edi. Moskva mudofaasida Samarqand, Toslikent va Farg'ona viloyatlarida tashkil topgan otliq korpuslar ham dushman bilan qahramonlarcha jang qildi. Jangchilarimizning qahramonligi ommaviy tusoldi. J.Otaboyev, X.Asliurov, A.Toqiyev, SJuma-nazarov, S.Jo'rayev, K.Karimov va yuzlab boshqalarmardlik ko'rsatdilar.Moskva ostonalaridagi janglarda qatnasligan boshqa qismlar va bo'linmalarda ham vatandoshlarimiz qahra-monlik ko'rsatdilar. Minglab o'zbekistonliklar orden vajangovar medallar bilan taqdirlandilar. SaidusmonQosimxo'jayev Qahramon unvoniga sazovor bo'ldi.Dnepr uchun bo'lgan janglarda Toslikent viloyatida tuzilgan 461-o'qchi diviziya shuhrat qozondi. 1943-yil 28-sentabrda jangchi Vali Nabiyev 60-gvardiyachi otliq askarlar polki tarkibida bi-rinchilar qatori Dneprning g'arbiy qirg'og'iga o'tdi. Bu guruh eskadron avtomatchilari bilan dushmanning yeti soldatini yer tishlatdi, qolganlarni qochishga majbur qilib, eskadronning Dnepr osha o'tib olishini ta'minladi.Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik ko'rsatgani uchun 26 o'zbek yigitiga Qahramon unvoni berildi. Ular safida buxorolik Xalloq Aminov ham bor edi.O'zbekistonlik jangchilar 1944-1945-yillarda Belo-russiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiqbo'yi respublikalariva Rossiya Federatsiyasining g'arbiy viloyatlaridagi partizan qo'shilmalarida ham ishtirok etdilar. Fashistlarga qarshi jang qilgan jasur razvedkachi, Qahramon unvoni bilan taqdirlangan Mamadali Topiboldiyevning nomi Belorussiyada juda mashhur. Bryansk atrofida jasur partizanlar I.Musayev,A.Hakimov, I.Qosimov va boshqalar nom chiqardilar.Ko'pgina o'zbekistonlik jangchilar mardligi va jaso-rati uchun Fransiya, Italiya, Yugoslaviya va boshqa davlatlarning jangovar orden va medallari bilan taqdirlandilar. Yevropani fa-shistlar zulmidan qutqa-rishda harakatdagi armiya saflarida ham o'zbek jang-chilari katta jasorat ko'rsa-tishdi. O'zbek yigiti BotirBoboev komandirligidagibatareya Berlin yo'lidagiOder daryosini birinchilarqatorida jang bilan kechibo'tdi. Bu batareya daryoning g'arbiy sohilidagi istelikomni ishg'ol qilish uchunhujumga o'tib, dushmanni yakson qildi. Bu jasoratiuchun B. Boboyev Qahramon unvoniga sazovor bo'ldi.Budapeshtni ozod qilishdagi jasorati uchun 2430nafar o'zbekistonlik jangovar medallar bilan mukofotlan-di, Rem Abzalovga esa Qahramon unvoni berildi.Juda ko'p o'zbekistonlik jangchilar Moskvadan to Berlingacha bo'lgan shonli yo'lni bosib o'tdilar. Ularorasida Qahramonlar Tojiali Boboyev, Solih Umarov,uchala darajadagi Shuhrat ordeni nishondori SaidNiyozov va boshqalar bor. O'zbekistonlik 120 mingdan ortiq yigit-qiz urushfrontlarida mardlik va matonat ko'rsatgani uchun jango-var orden va medallarga, 280 kishi esa Qahramonunvoniga sazovor bo'ldi, ulardan 75 nafari o'zbek edi, 82nafar o'zbekistonlik askar uchala darajadagi Shuhratordeni bilan mukofotlandi.Hozir ham oramizda front alangasidan omon qayt-gan, mamlakat iclikarisida mehnat qilgan vatanparvarlar yashab turibdilar. Urushning butun og'irliklarini o'z yel-kalarida ko'tarib o'tgan bu insonlar yangi avlodlarningmangu minnatdorchiligiga sazovor bo'ldilar.Prezidentimiz I. A. Karimov xalqimizning fasliizmga qarshi ozodlik uchun kurasli frontlarida ko'rsatgan jaso-rati, diyorimizda matonatli mehnat qilgani va berilganyuz minglab qurbonlar abadul-abad yodda tutilishinita'kidlab, 9-may kunini «Xotira va qadrlasli kuni» deb e'lon qildi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling