1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12789 1 492CE21AA8C996084180736D503611FEDEC6B091
- Bu sahifa navigatsiya:
- -138- vatanimiz kechmishi, bugunini va ertasida behad yuksak o‘rin tutadi. Ul muhtaram inson sohibqiron Amir Temurdir. Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.Karimov “Amir Temur faxrimiz g‘ururimiz” “O‘zbekiston 1998 yil. 2. Naim G‘oyipov. “Amir Temur davri ma’naviyati” Toshkent-2001. 3. Ibrohim Mo‘minov “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” “Fan” 1993. Sayidova Laziza Bekboyevna Peshku tuman Xalq ta’limi bo‘limi metodisti AMIR TEMUR MADANIYAT VA ILM-FAN HOMIYSI Annotatsiya: Xalqimiz tarixida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug‘ qozongan, millatimizning faxri bo‘lmish ulug‘ zotlar benihoya ko‘p. Ammo ular qatorida yulduzlar aro quyoshday charaqlab turgan bir buyuk zot borki, u -138- vatanimiz kechmishi, bugunini va ertasida behad yuksak o‘rin tutadi. Ul muhtaram inson sohibqiron Amir Temurdir. Kalit so‘zlar: madaniyat, ma’rifat, adabiyot, san’at, me’morchilik, hunarmandchilik, bunyodkorlik. Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o‘tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko‘tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho‘qqisi hisoblangan temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida balki umumjahon miqyosida ham oziga xos yuksak bosqich bo‘ldi. Uning qudratli aks-sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va tafakkurini nurlantirib kelmoqda. Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida xalq dahosi, qudrati bilan betimsol moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, mislsiz osori atiqalar-u monumetal me’moriy obidalar bunyod etildi. Ilm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlodlarining ilm-fan, ma’rifat ravnaqida alohida rag‘bat, katta sa’y-harakat bog‘laganliklari natijasi bo‘ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog‘-rog‘lar, masjid-u madrasalar, rabot-u karvonsaroylar, ko‘priklar suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatini nechog‘lik ko‘p qirraligiga dalolatdir. Temuriylar ma’naviy madaniyati to‘g‘risida gap borganda dastaval ona yurtimizda ona yurtimizda Uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichida bo‘lgan bu "oltin asr"da ilm-fanning nechog‘lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotida qo‘shgan bebaho hissasi haqida har qancha g‘ururlansak arziydi. Bu xayrli ishlarni yuzaga chiqishida han temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo‘lgan.Jumladan Amir Temurning «Tuzuklar»i Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma» ijtimoiy fanlarni rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Temuriylar davrida salmoqli hissa qo‘shgan alloma olimlar -139- Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», «Zubdat at- tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dayn va majma ul- bahrayn», Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo», Xondamirning «Makorimul-axloq», «Xabib us-siyar fi axboru afod ul- bashar» asarlari o‘sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o‘zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlar siyosati yohud harbiy yurishlari yuhud shaxslarga oid ma’lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlarni, tarixiy voqealar hodisalar silsilasi ham ishonarli tilda yoritilganligi ayon bo‘ladi. Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junayd Naqqosh, temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi makabi atoqli vakillari Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Tasviriy san’atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko‘zga tashlanib turadi. Musavvirlik sa’atida tengi yo‘q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham Temuriylar davri sa’atining yuqori cho‘qqisi hisoblanadi Uning mo‘yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Solomon va Ibsol», Sa’diyning «Bo‘ston» va «Guliston», Nizomoyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatura namunalari ijodkor iste’dodining yuksak namunalaridir. Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san’ati ham alohida o‘rin tutgan Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida xalq qo‘shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligi qayd etadi. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining o‘rni benihoya katta bo‘lgan. Hirot musiqashunoslari o‘z ijodlarida Navoiyning she’r va g‘azallaridan foydalangalar. Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotining yuksak marralariga ko‘tarilib -140- borishi davomida o‘chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo‘ldi. Ayni chog‘da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy jihatdan yuksalib, jahonda dovrug‘ taratdi. Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’navviy madaniyatning yuksak na’munalari, dur-u javohirlari mana necha asrdirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog‘ida e’zozlanib kelmoqda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling