1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


 Quyidagilar: a) futbol maktablarining asosiy vazifalarietib belgilansin


Download 22.94 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan

7. Quyidagilar:
a) futbol maktablarining asosiy vazifalarietib belgilansin:
yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish, bolalar va o‘smirlarni futbol bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;
bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishiga va sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishga yo‘naltirilgan sport va tarbiyaviy ishlar olib borish;
bolalar va o‘smirlarda futbol bilan shug‘ullanish qobiliyatini erta aniqlash va ularda futbolga bo‘lgan barqaror qiziqishni rivojlantirish;
futbol mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, o‘quv-tarbiya tizimini tashkil etishning eng yangi usullarini qo‘llagan holda sport zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash yuzasidan o‘quv-mashq jarayonini yo‘lga qo‘yish;
barcha yosh toifalari bo‘yicha futbol akademiyalari va klublariga mahoratli sportchilarni yetkazib berish;
tajriba almashish maqsadida turli futbol tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, futbolchilarning sport mahoratini, shuningdek, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasb malakasini oshirish;
b) futbol maktablarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablag‘lari;
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
asosiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydigan vaqtda bo‘sh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov):
a) uch oy muddatda:
futbol maktablari va futbol akademiyalarining ustavini tasdiqlash, shuningdek, ularni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
futbol maktablari va futbol akademiyalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali trenerlar hamda pedagog kadrlar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
b) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda futbol maktablari va futbol akademiyalarida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
v) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda futbol maktablari va futbol akademiyalarining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
g) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarini futbol maktablari va futbol akademiyalarida shug‘ullanish uchun jalb etish choralarini ko‘rsin.

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling