1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


 O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddat


Download 22.94 Kb.
bet5/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan

9. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi futbol akademiyalari hamda futbol maktablarining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini Hukumatga kiritsin.
10. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 1 iyuldan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
nodavlat futbol maktablari va futbolni rivojlantirish sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa nodavlat tashkilotlar (nodavlat futbol muassasalari) uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi a’zosi bo‘lishi talabi o‘rnatiladi;
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan nodavlat futbol muassasalarining reytingi yuritiladi hamda reyting natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.
11. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) quyidagilarni amalga oshirsin:
XorvatiyaYaponiya va boshqa davlatlarning tajribasini malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘zbek futboliga tatbiq etish. Bunda, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalarining “texnik direktor” lavozimiga xorijiy davlatlarning tajribasi va tizimini joriy qilish bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA), Osiyo futbol konfederasiyasi talablariga muvofiq futbol uchrashuvlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish;
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazida futbol bo‘yicha “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri”, “futbol marketologi”, “futbol shifokori”, “futbol psixologi”, “sport farmakologi”, “sport diyetologi” kabi mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘ysin.
12. Belgilab qo‘yilsinki:
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol bo‘yicha trenerlariga bosqichma-bosqich Osiyo futbol konfederasiyasining trenerlar ta’limi bo‘yicha talablari joriy etiladi;
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish orqali ularni keyingi bosqichdagi futbol maktablari va akademiyalariga yo‘naltirib borish yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatsin.

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling