1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


oliy ta’lim muassasalari reytingini


Download 22.94 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan

oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda mazkur band talablari inobatga olinishini nazarda tutsin.
5. Quyidagilar:
futbol bo‘yicha hududiy va milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekistonfutbol assosiasiyasi tasarrufiga o‘tkazilsin va ular futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etilsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi futbol maktablari (keyingi o‘rinlarda – futbol maktablari) tashkil qilinsin;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol maydonlari futbol maktablari balansiga o‘tkazilsin;
moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan, past samarali futbol maktablarini optimallashtirish hisobiga ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlari futbol maktablari moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilsin.
6. Belgilansinki:
futbol maktablari sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi;
futbol maktablari direktorlari, direktorlarning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, trenerlari mehnatiga haq to‘lash, shuningdek, ularning mehnatini rag‘batlantirishga sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirishda belgilangan sharoitlar tatbiq etiladi;
futbol maktablari tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek, ularni moddiy rag‘batlantirishda sport maktablari uchun belgilangan moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
kelgusi yillarda futbol maktablari professional futbol klublariga bosqichma-bosqich biriktiriladi.

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling