1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


 Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz


Download 22.94 Kb.
bet7/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan

16. Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan professional futbol klublariga sport asbob-uskunalari, inventarlari, farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelim, maxsus professional sport kiyimlarini, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilishga ruxsat berilsin.
17. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) tashkil etilsin.
18. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning manbalari etib belgilansin:
Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
“O‘zmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJlarning homiylik mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH.Kudbiyev) 2023 yildan boshlab har yili Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat byudjetidan 25 milliard so‘m yo‘naltirsin.
20. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar xarid qilish;
futbol mutaxassislarini ilg‘or o‘qitish metodikalari va innovasiyalarga o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘yish xarajatlarini qoplash, shu jumladan, xorijdan jalb etilgan mutaxassislarni rag‘batlantirish;
zamonaviy futbol texnologiyalarini xarid qilish va joriy etish;
futbol bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning tajribasini xorijiy mamlakatlarda oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
alohida namuna ko‘rsatgan terma jamoalarni moddiy rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etish, yangi futbolchilar avlodining ishonchli zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratini oshirishda chet el futbol klublari va federasiyalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
yuqori mahoratli futbolchilar va sport zaxirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar o‘tkazishda ko‘maklashish.
21. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (SH.Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH.Kudbiyev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) bilan birgalikda maxsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023 yil yakuniga qadar ilg‘or xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling