O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tasarrufidagi sport-ta’lim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi futbol maktablari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Professional futbol klublari huzuridagi faoliyati maqbullashtirilayotgan futbol maktablari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
26. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Do‘stlik” stadionida Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) tomonidan 2022–2023 yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Toshkent viloyati hokimligining 2023–2024 yillarda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Do‘stlik” stadioni hududida futbol bo‘yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shug‘ullanishi uchun byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazini qurish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Terma jamoalar markazida 280 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitasiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinsin.
27. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (B.Zakirov) mazkur qaror asosida qurilishi va ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan inshootlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda eng maqbul me’moriy hamda texnik yechimlar qo‘llanilishini, ularni innovasion texnologiyalarga asoslangan, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Belgilansinki, mazkur qaror asosida qurilishi va ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan inshootlarning loyiha hujjatlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bilan kelishiladi.
28. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (SH.Kudbiyev) 2023–2024 yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tasarrufidagi sport-ta’lim muassasalari va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashning manzilli ro‘yxatiga muvofiq qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
29. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasining talabnomalariga ko‘ra o‘rnatilgan to‘lovlarni undirmagan holda O‘zbekiston Respublikasiga sport turlari bo‘yicha chet ellik trener, sportchi va boshqa mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomalar, shuningdek, mazkur chet el fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishi (uzaytirilishi)ni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |