1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


 Belgilab qo‘yilsinki: a)


Download 22.94 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1489003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vazirlar mahkamasining Oʻzbekiston futbolini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qanday qarorlar qabul qilingan

2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) har yili O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mablag‘lari hisobidan:
mart-iyun oylarida mahalla yoshlari hamda qizlari o‘rtasida “Ommaviy futbol” dasturi doirasida futbol festivallari;
10 dekabr – Butunjahon futbol kuni munosabati bilan aholi o‘rtasida ommaviy “fleshmob” tadbirlari;
sentyabr-may oylarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida“Maktablarda futbol” dasturi doirasida futbol musobaqalari, mahorat saboqlari va festivallari o‘tkazib boriladi;
b) har yili sentyabr-may oylarida oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston talabalar sporti assosiasiyasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan “Talabalar ligasi” dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari o‘tkaziladi.
3. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (H.Umarova) hamda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi (I.Abduraxmonov) bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ommaviy futbol”“Maktablarda futbol” va “Talabalar ligasi” dasturlari doirasida futbol tadbirlarini o‘tkazishning yagona tartibini tasdiqlasin;
ushbu musobaqalar va turnirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilsin;
mazkur musobaqalar va turnirlarni o‘tkazish jarayoni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikasiya manbalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
4. Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi (I.Abduraxmonov) O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (A.Azizov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:
davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rsin;
har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal bo‘yicha jamoalarini shakllantirsin hamda ularning “Talabalar ligasi” dasturi doirasida o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘liq ishtirok etishini ta’minlasin;

Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling