1. Oʼzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʼrsatkichlari tahlili
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda joylashgan boʼlib, uning hududi 448,97 ming km kvadrat ni tashkil qiladi. Oʼzbekiston hududining kattaligi jihatdan dunyoda 59 oʼrinda turadi. Bugungi kunda mamlakat aholisi 28,3 mln kishini tashkil qiladi. Аholining zichligi 63 kishi/km kvarat . Oʼzbekiston yer resurslarining asosiy tarkibi haydaladigan yerlar, yaylovlar va oʼrmonlardan iborat. Yetishtirilayotgan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining qaryib 95%i haydaladigan yerlardan olinmoqda. Haydaladigan yerlarning salmogʼi umumiy yer fondida 11% dan ortiq boʼlib, 4,3 mln.ga ni, yaylovlar 46%, oʼrmonlar 3,1% va daryo va koʼllarning salmogʼi 5%ni tashkil qiladi.
1-jadval
Jadval maʼlumotlaridan shuni koʼrishimiz mumkinki, mamlakatimiz asosiy chegarasi Qozogʼiston Respublikasi bilan 2203 km ga toʼgʼri keladi. Mamlakat iqlimi keskin kontinental (tez isib, tez sovuchan). Umumiy chegarasi 6221 km ni tashkil qiladi.
Oʼzbekistonning milliy valyutasi soʼm boʼlib, davlat tili oʼzbek tili.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |