1. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
Download 101.5 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO\'YICHA 2017-2021 XARAKATLAR STRATEGIYASI1234
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir. Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgari suradi. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni jadal rivojlantirish, bevosita dehqonchilikni boshqarishning yangi usul va uslublarini yangilashni, bu boradagi jahon tajribasini o‘zlashtirishni, amaliyotda joriy etishni taqozo etadi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, hususiy mulk huquqini himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalasi alohida o‘rin tutadi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. Ijtimoiy sohani rivojlantirish jamiyat barqarorligi va davlat qudratini belgilaydigan muhim ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, aholi bandligi qandaydir ish yoki hunar bilan shug‘ullanish darajasi konkret fuqaroning kundalik real daromadlari bilan uyg‘unlashib ketgan ijtimoiy muammodir. Bu Harakatlar strategiyasida asosiy masala sifatida to’rtinchi ustuvor yo’nalish sifatida belgilangan. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligani oshirish jamiyat taraqqiyotida alohida mavqe kasb etadi. Ushbu masalaning naqadar dolzarbligi va real hayotiy haqiqatga asoslanganligani nazarda tutib, Prezident Sh.Mirziyoyev arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish hamda ularni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish g‘oyasini ilgari surmoqda. Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda. Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi? Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi? Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni taʼminlaydi. XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi. Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir. Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Strategiyani amalga oshirish eng masʼuliyatli jarayon. Agar u real vaziyatni toʻliq qamrab olgan yaxlit va bir butun reja boʻlsa, uning muvaffaqiyati taʼminlanadi. Mabodo teskari boʻlsa, unda turgʻunlik yuzaga keladi. Bunga sabab, notoʻgʻri tahliliy maʼlumotlar, xulosalar, kutilmagan sharoitlar, resurslardan oqilona foydalana olmaslikdir. Strategiyani baholash va nazorat qilish strategik rejalashtirishni mantiqiy yakunlovchi omili boʻlib hisoblanadi. U hodisalarning qayta aloqalanishini taʼminlash jarayonida strukturaviy boʻgʻinlardagi bogʻlanish imkoniyatlarini tahlil qiladi, baholaydi, aniqlaydi, xulosalar chiqaradi. Zaruratda strategik rejalarni oʻzgartiradi. Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya qilmogʻi, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish imkoniyatini berishi zarur. Strategik dastur va rejaning uygʻunligi hamda turli darajadagi qarorlarning mustahkam bogʻliqligi muvaffaqiyatning kafolati. Mazkur birlik davlat organlarning strukturaviy boʻgʻinlarida strategik harakatlarni birlashtirish, barcha funksional boʻlim rejalarining kelishuvi bilan taʼminlanadi. Ayni paytda strategiyani amalga oshirish imkoniyatlarini tugʻdiradi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy va huquqiy sharoitlar yaratilishi lozim. Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past surʼatlariga, shaxsiy masʼuliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan oʻzgartirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, strategik yoʻnalishlarni belgilashning mavhum va nomaʼlum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga erishiladi. Istiqbol maqsadlarni qoʻygan davlatlarning aksariyati milliy strategik muvaffaqiyatlarni YAIMning oʻsishida, fuqarolarining farovonlik darajasining yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin oʻtmishda davlatning birlamchi vazifalari hosildorlikni oshirish, oltin-neftni koʻpaytirish, armiyani mustahkamlash bilan izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun Oʻzbekistonda milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning gʻoyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish koʻzda tutilmoqda. Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi. Mamlakatimiz strategiyasi nafaqat ichki va tashqi siyosatdagi islohotlar sari tashlangan qadamda, balki, eng avvalo, davlatning xalqqa, xalqning davlatga boʻlgan munosabatini oʻzgarayotganligida namoyon boʻlmoqda. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi davlatning bosh maqsadi sifatida strategik yoʻnalishlar belgilanmoqda. Ular avvalo, rivojlantirilayotgan ijtimoiy sohalarda oʻz ifodasini topmoqda. Yoshlarga munosib taʼlim berish, zamonaviy kasb-hunarlar bilan qurollantirish, aholining salomatligini taʼminlash, nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash davlatimiz rahbarining 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida oʻz tasdigʻini topdi. Davlat va jamiyat qurilishi shunday bir murakkab tuzilmaki, uning tarkibidagi bir-biriga bogʻliq boʻlgan va bir-birini toʻldiradigan soha va jabhalarni bir vaqtning oʻzida jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ularning har biri ikkinchisiga zamin yaratadi. Qaysidir asosiy soha avval rivojlanib, boshqa soha va tarmoqlar uchun lokomotiv vazifasini ham bajaradi. Albatta, bu jarayonda har bir sohaning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olish, obyektiv tahlil qilish, oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlar qabul qilish, ularni rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratish, samarali ishlash mexanizmlarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etib berish kabi vazifalarni hal qilishni talab qiladi. Davlatning harakatlar strategiyasi yetaklovchi lokomotiv kuchi — bu davlat va uning organlari. Islohotlarning garovi va kafolati hokimiyatning samarali faoliyati bilan bogʻliq hodisa. U boshqaruv mahorati bilan uzoqqa moʻljallangan maqsadlarni rejalashtiradi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni idora qiladi, aholini safarbar etadi, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va uni odilona taqsimot qilish vazifalarini amalga oshiradi. Shunday ekan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimlarini takomillashtirmasdan turib mamlakat hayotini modernizatsiya qilib boʻlmaydi. Modernizatsiya oʻz umrini poyoniga yetkazgan boshqaruv usullarini yangi sifat va talablar darajasiga koʻtarish bilan mamlakatni rivojlantirishga olib keladi. Bu jarayonlar bevosita mahalliy hokimiyatlarning hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda mustaqil qarorlar qabul qilishning huquqiy asoslarini shakllantirishni taqozo qiladi. Shu nuqtai-nazardan Prezidentimiz parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro hokimiyati tizimini optimallashtirish, maʼmuriy islohotlarni davom ettirish va davlat boshqaruvida zamonaviy menejment usullarini keng qoʻllash, davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish maqsadida davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va masʼuliyatini qayta koʻrib chiqish, ularning mustaqilligini yanada oshirish vazifalarini belgilaydi. Boshqaruvda adolatli davlat idora tizimlari shakllanmas ekan, qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari — ikkinchi uzviy bogʻlanuvchi muhim tamoyil taʼminlanmaydi. Ular sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tizimning samarali faoliyati fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning real imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Oliy sud — oliy hakam sifatida jamiyatning yaxshi-yomoni, foyda-ziyonini belgilab beruvchi maʼnaviy barometrga aylanadiki, bunday ijtimoiy muhitda jinoyat qilishdan koʻra bunyodkorlik qilish afzal boʻladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozimligiga ahamiyat berishi strategik maqsadlarning izchil amaliyotini joriy etishga qaratilmoqda. Jamiyatda adolatli boshqaruvning vujudga kelishi, shubhasiz, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Ular makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlash, tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish, ayniqsa, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning yangi innovatsion texnologiyalarining tatbiq etilishi imkoniyatlarini yaratadi. Yaʼni rivojlanishning ichki qonuniyatlariga koʻra, yangi sifat bosqichga koʻtarilishning murakkab, ammo takomillashgan shakllari paydo boʻladi. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshiradi. Natijada mavjud salohiyatdan samarali foydalanish orqali joylarda mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish oʻsish surʼatlari vujudga keladi. Jamiyatda ijtimoiy ongning oʻzgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan boʻlsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan toʻlqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon boʻladi. U, oʻz navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi oʻrinlarning paydo boʻlishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining oʻsib borishiga xizmat qiladi. Еrkinlik va farovonlik g'oyasi xalqni birlashtiradi, ezgu maqsadlarga da'vat etadi. Prezidentimizning “O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida”gi qarori bilan erkinlik va farovon yashash g'oyasi shior sifatida tanlanganida ham chuqur ma'no-mazmun mujassam. Aytish kerakki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Odamlar kelajakda emas, bugun baxtli yashashi kerak” degan g'oya va qariyb besh yil davomida ushbu ezgu tashabbusni amalda ro'yobga chiqarish borasida kechayotgan ulkan islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarishda muhim asos bo'lmoqda. Davlatimiz rahbarining qat'iy siyosiy irodasi bilan mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo'lidan dadil ildamlab borayotir. Prezidentimiz tashabbusi asosida xalq bilan bamaslahat ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining asosiy maqsadi ham xalqimizni tom ma'noda baxtli qilishdan iborat ekanini alohida ta'kidlash lozim. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi asosida davlat va jamiyatda kechayotgan kuchli modernizatsiya jarayoni barcha sohada yuksalish to'lqinini yuzaga keltirdi. Bu dunyo hamjamiyatining ham keng e'tirofiga sazovor bo'layotgani xalqimizni yanada ruhlantirib, barchamizni yangi marralar, ulkan maqsadlar sari undamoqda. Muhimi shundaki, bugungi hayotimizdagi tarixiy o'zgarishlardan, eng avvalo, xalqimiz bahramand bo'lmoqda. Odamlarning hayoti va kundalik turmush sharoiti yaxshilanib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanib bormoqda. O'z vaqtida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o'rganish markazining tegishli so'rovnomasida ishtirokchilarning 83,5 foizi, ya'ni aksariyati Harakatlar strategiyasini o'z vaqtida qabul qilingan hujjat, deb hisoblashini bildirgan edi. Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo'nalishi davlat va jamiyat rivojlanishida, tom ma'noda yangi O'zbekiston bunyod etilishida beshta tayanch ustun vazifasini o'tamoqda. Oxirgi yillarda ana shu muhim tayanchlarni mustahkamlash bo'yicha ulkan, strategik islohotlar amalga oshirilmoqda. Birinchidan, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo'nalishidagi tub o'zgarishlarni xalqimiz o'z hayotida sezmoqda. Ikkinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi. Uchinchidan, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, fuqarolarning iqtisodiy faol bo'lishga intilishini izchil qo'llab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi vazifalar ijrosi amaliy natijalarda ko'rinmoqda. To'rtinchidan, ijtimoiy sohani rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha aholi bandligi va real daromadlarini uzluksiz oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish, arzon uy-joylar barpo etish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, san'at va sport sohalarini zamon talabi darajasida yuksaltirish uchun katta resurslar yo'naltirilmoqda. Beshinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik ta'minlanmoqda, o'zaro manfaatli tashqi siyosat yuritilmoqda, ahil qo'shnichilik muhiti yuzaga kelib, shaxs erkinligiga intilish bo'yicha O'zbekistonning xalqaro nufuzi mustahkamlanmoqda. SHu o'rinda strategiyaga muvofiq birgina ijtimoiy sohani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlardan ayrim misollarni keltirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Parlamentda uzoq muhokamalardan so'ng qabul qilingan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida”gi qonun ijtimoiy sohaning alohida muhim yo'nalishini yangi darajaga ko'tarib, tizimlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu qonun ijtimoiy himoyaga muhtoj 700 ming nafardan ortiq yurtdoshimizning huquqi va manfaatlari himoyalanishiga xizmat qiladi. 2020 yilda qabul qilingan yana bir muhim hujjat “Aholi bandligi to'g'risida”gi qonundir. Mazkur qonunda bugungi mehnat bozori talablari hisobga olingan, yangi tushuncha va me'yorlar kiritilgan, fuqaro hamda xodimlarga ko'plab imkoniyatlar, ish beruvchiga esa imtiyozlar yaratilgan, to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi me'yorlar aks etgan. Bundan tashqari, joriy yilda “Ta'lim to'g'risida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi. Oila va Mehnat kodekslari, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga aholining alohida zaif qatlamlarining ijtimoiy himoyasi darajasini oshirish bilan bog'liq o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, partiyamiz elektorati manfaatlarini ta'minlash bo'yicha amaliy jihatdan ham tizimli ishlar hayotga tatbiq etilmoqda. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq murakkab vaziyat mazkur yo'nalishdagi ishlar ahamiyatini yanada oshirdi. Bu yil ijtimoiy nafaqa bilan ta'minlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar ko'paydi. Yil yakuniga qadar ularning soni 774 mingdan 1 million 200 ming nafarga etkazilishi belgilandi. Ijtimoiy himoya bo'yicha yagona reestr tizimi bosqichma-bosqich yo'lga qo'yilmoqda. Muhofazaga muhtoj qatlam bilan manzilli ishlash maqsadida “temir daftar”, ayollar va yoshlar uchun alohida-alohida daftarlar yuritilib, ularga manzilli yordam ko'rsatish dolzarb vazifa sifatida belgilandi. YUrtimizda demokratik islohotlar mazmun va ahamiyatiga ko'ra butunlay yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Ko'ppartiyaviylik, siyosiy plyuralizm, so'z erkinligi tamoyillari ta'minlanmoqda. Parlamentning, siyosiy partiyalarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun saylovoldi dasturida belgilangan g'oyalarni ilgari surish, elektorat manfaatlari nuqtai nazaridan qonunchilikni takomillashtirish, dasturiy ustuvor yo'nalishlari bo'yicha hukumat, mutasaddi tashkilotlar oldiga masalalar qo'yish borasidagi huquqlari amalga oshmoqda. “Yаngi O'zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida 2019 yilda parlamentning quyi palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo'lib o'tgan saylovdan keyin vakillik hokimiyati imkoniyatlari, vakolatlari kengaydi. Qonunchilikka juda muhim o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. Bu yil ilk marta butun hukumat tarkibi, barcha vazirlik va respublika idoralari rahbarligiga nomzodlar parlament tasdig'idan o'tishi bo'yicha amaliyot joriy etildi. Deputatlar, siyosiy partiyalar fraktsiyalari strategik yo'nalish va vazifalar bo'yicha nomzodlarning pozitsiyasi, fikr-mulohazalarini bilish imkoniyatiga ega bo'ldi, o'z savollariga javob olib, takliflarini ham bildirdi. O'ylaymizki, bu amaliyot hali rivojlanishda davom etadi. Prezidentimiz deputatlar, xalq vakillari bilan bamaslahat ish tutish, ularning takliflarini tinglab, qo'llab-quvvatlash bo'yicha respublika va mahalliy darajadagi rahbarlarga alohida ibrat ko'rsatmoqda. Bu mahalliy kengashlar faoliyatiga ilg'or demokratik tamoyillar joriy etilishi, deputatlar orqali mahalliy hokimliklar va o'sha hududlardagi aholi o'rtasida amaliy muloqot, qayta aloqa muhiti yuzaga kelishida dolzarb ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidlash joiz. Bularning barchasi “davlat xalq uchun xizmat qilishi shart” degan strategik vazifa ro'yobga chiqishiga asos bo'ladi. Qayd etish lozimki, 2020 yil murakkab sinovlarni engib o'tish bilan birga O'zbekiston davlatchiligiga ilg'or demokratik tajriba, tartib-taomillarni joriy etish yili ham bo'lib tarixda qolmoqda. Mustaqilligimizning 30 yillik tantanalari oldidan ilgari surilgan “Yаngi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g'oyasi jamiyatning barcha qatlamlari o'rtasida hamjihatlik, xayrixohlik muhitini kuchaytirmoqda. SHularga tayanib, kirib kelayotgan 2021 yil xalqimizning qo'llab-quvvatlashi, ezgu niyatlari bilan yanada unumli va barakali yil bo'lishiga ishonamiz. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling