1. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi


Download 274.04 Kb.
bet11/16
Sana19.06.2023
Hajmi274.04 Kb.
#1618333
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
26-30 biletlar

Iqtisodiy zona

Erkin iqtisodiy zona – yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hududdir.
Maxsus ilmiy-texnologik zona – innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hududdir.
Turistik-rekreatsion zona – unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilocharvaboshqaturistikahamiyatdagiobyektlarni),

maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart- sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hududdir.


Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
Maxsus sanoat zonasi – boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhan- dislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchunyeruchastkalariniajratish orqalishakllantiriladiganxizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi.
2.Kapital qurilishda tanlovni tashkil etish. Kapital qurilishda tenderlar(kapital qurilish, tanlovlar, ochiq va yopiq tanlov savdolari)

3.Xorijiy investorlarga yaratilgan kafolatlar, imtiyozlar va rag’batlantirishomillarini aytib bering.(xorijiy investitsiya, imtiyozlar, bojxona boji)


Xorijiy, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy investitsi- yalarni jalb qilish, buning uchun zarur investitsiya muhiti hamda xorijiy investorlar uchun kafolatlarni yaratish – milliy iqtisodiyotning tizimli ta’minlanishi va ishlab chiqarish modernizatsiyasining eksport o‘sishi va import o‘rnini bosish ta’minlanishining muhim shartlaridandir.
xorijiy investorlarga to‘liq tegishli bo‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga asosan quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi (5.1-rasm):
iqtisodiyomillar:

  • ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi;

  • jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);

  • ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va integrat- siyalashuvini chuqurlashuvi;

  • jahon iqtisodiyotida transmilliy rivojlanishga keng e’tibor qaratish (AQSH Transmilliy korporatsiyalari xorijiy filiallarining mahsulotishlabchiqarishhajmiAQSHtovareksportidan4marotaba ortiqdir);

  • ishlab chiqarishning globallashuvi va integratsiya jarayon- larining chuqurlashib borishi;

  • xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va bosh- qalar.

siyosiyomillar:

  • kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlari va boshqalar);

  • rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatlashuv siyosatini olib borish;

  • iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo‘llab- quvvatlash);

  • bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.

  • 4. Investitsiyalarning maqsadlari va diversifikatsiyalanishi. Investitsiyalarning tasniflanishi.(real investitsiyalar, moliyaviy investitsiyalar, diversifikatsiya)

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha tasniflanishi mumkin:

    • kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish;

    • investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan «Investitsiyalar va investitsiyafaoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.
Asosiy fondlarni yaratish va takror ko‘paytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.

Download 274.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling