1. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi
Download 274.04 Kb.
|
26-30 biletlar
Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor. 2. O’zbekistonda investitsiya faoliyatining me’yoriy-qonuniy bazasi.(Qonunlar, me’yoriy huquqiy hujjatlar, nizomlar) Respublikada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlarini ko‘zlaydi. Respublika qonun hujjatlariga muvofiq chet el investitsiyalari milliylashtirilishi, davlat tasarrufiga olinishi mumkin emas. Chet el investitsiyalari tabiiy ofatlar, faloqatlar, epidemiyalar hollarini mustasno qilganda, rekvizitsiya qilinmaydi. Chet el investorlarga qonuniy faoliyat natijasida olingan o‘z foydasi va boshqa mablag‘larini chet el valutasida chetga o‘tkazish kafolatlanadi. Qonun hujjatlarida chet ellik investorlarga ularning davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida tabiiy resurslarni qidirish, foydalanishga tayyorlash va foydalanish hamda boshqa xo‘jalik faoliyatini joriy qilish uchun konsessiyalar berish nazarda tutilgan. Respublika qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan faoliyatning hamma sohalari va turlari bo‘yicha konsessiya berilishi mumkin. Chet ellik investor qarori bilan investitsiya larga hamda ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, tasarruf etish huquqi respublika qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin. Davlat investitsiya faoliyatini tartibga solish bilan birga bevosita o‘zi ham ishtirok etadi. Bunda: – davlat investitsiya dasturlarini qabul qilish va ularni respublika budjetidan moliyalashtirish; – yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarib berish asosida respublika budjetining markazlashgan investitsiya resurslarini taqdim etish; – investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan kreditlar uchun davlat kafolatini taqdim etish; – investitsiya loyihalarining davlat kompleks ekspertizasini olib borish; – mahalliy va xorijiy investorlar uchun konsessiyalar taqdim etish kabilar bilan investitsiya faoliyatida qatnashadi. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda quyidagi usullardan foydalaniladi: – investorlarning erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy asoslarni yaratish, mustahkamlash, takomillashtirib borish; – pul-kredit siyosati orqali; – valuta siyosati orqali; – amortizatsiya siyosati orqali; – narx siyosati orqali; – dotatsiyalar, subsidiyalar tizimi orqali; – budjet-soliq siyosati, jumladan, fiskal siyosat, soliqlardan imtiyozlar berish, soliq kreditlari orqali; – davlat kafolatlari tizimi orqali; – xorijiy va mahalliy investorlarning huquqlarini himoya qilish orqali; – ayrim tarmoq, soha, hududlar va ulardagi obyektlarni davlat o‘z nazoratida saqlab qolish, investitsiyalash orqali va boshqalar. 3. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari.(offshor zonalar, ilmiy parklar,erkin savdo zonalari) Download 274.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling