1. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi


Download 274.04 Kb.
bet9/16
Sana19.06.2023
Hajmi274.04 Kb.
#1618333
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
26-30 biletlar

Investitsiya faoliyati – investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qilinadigan amaliy harakatlar.

  1. O‘zbekistonRespublikasining2019-yil25-dekabrdagi

«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-598-son qonuni.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berilgan:
Investitsiyalar – investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlariobyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladanchet el valutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni,obligatsiyalarni,veksellarvaboshqaqimmatliqog‘ozlarni;

  • ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar,uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni);

  • intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan, u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik

hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa qimmatliklarni.

4.. Buyurtmachi va pudratchining huquq va majburiyatlari.(buyurtmachi, pudratchi, majburiyatlar)


Buyurtmachi – investorlar tomonidan investitsiyaloyihalarini amalga oshirish uchun vakolat berilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. U to‘g‘ridan to‘g‘riinvestoryokiuningishonchli vakili bo‘lishi mumkin. Ikkinchiholda,vakolatidavridabuyurtmachigainvestitsiyalargaegalik qilish, foydalanish va joylashtirish huquqini beradi. Buyurtmachilar loyihani amalga oshirish bo‘yicha zarur ishlarni bajaradigan pudratchilar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda pudratchi sifatida ish olib boruvchi tashkilotning muayyan ish turlariga litsenziyasi bo‘lishi shart.
Investitsiyafaoliyati obyektlaridan foydalanuvchi sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar, davlat va nodavlat tashkilotlari, xorijiy davlatlar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar foydalanishlari mumkin. Investitsion loyihalarni amalga oshirish investitsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha subyektlarning iqtisodiy manfaatlariga mos kelgandagina mumkin bo‘ladi, ularning har biri ushbu obyektga investitsiyalarni tezroq amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lishlari kerak.
Obyekt sifatida korxonalarning investitsion faoliyati quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • operatsion daromadlarni ko‘paytirish va o‘ziga xos boshqa ope- ratsion xarajatlarni kamaytirish hisobiga korxonaning operatsion faoliyatini o‘sishini ta’minlaydi;

  • investitsion faoliyatning shakllari va usullari operatsion faoli- yatga qaraganda korxonaning tarmoq xususiyatlariga kamroq darajada bog‘liq;

  • korxonalar investitsion faoliyatining ko‘lami moliyaviy resurs- larnito‘plashvaqulaytashqiiqtisodiysharoitlardanfoydalanish

zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan alohida davrlar bo‘yicha notekislik bilan tavsiflanadi;

    • investitsiyafoydasi va samaraning boshqa shakllari sezilarli kechikish bilanshakllanadi,chunkima’lumvaqtdavomida investitsiya resurslari xarajatlari va samarani olish o‘rtasida ma’lum bir vaqtketadi;

    • investitsion faoliyat jarayonida mustaqil pul oqimlari shakl- lantiriladi;

    • investitsion faoliyatning o‘ziga xosligi investitsion risklar deb ataladigan xavflarning alohida turlari bilan tavsiflanadi, ularning darajasi operatsion risklar darajasidan yuqori bo‘ladi.

Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir31.
Ularniquyidagiturlargaajratishmumkin:

    • mulkchilikningbarchashakllaridagiyangidanbarpoetiladigan asosiy kapital;

    • iqtisodiyotninghammasohalaridagimuomalavositalari;

    • korxona va tashkilotlarning qayta quriladigan va modernizatsiya qilinadigan asosiy kapitallari;

    • ilmiy-texnikamahsulotlari,investitsiyaloyihalari;

    • yeruchastkalari.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, investitsiyalarning o‘zlari ham tom ma’noda investitsion faoliyat obyektining yorqin ko‘rinishidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra barpo etilishi va foydalanilishi qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura- shaharsozlik talablariga va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiyaqilish taqiqlanadi.
Investitsiya faoliyatining iqtisodiy mazmunini subyektlarning o‘zaro hamkorligi va iqtisodiyotning barcha sohalaridainvestitsiyalarni turli shakllarda amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarvaaloqalaryig‘indisitashkiletadi.Demakaytish



31ЎзбекистонРеспубликасининг2019йил25декабрдақабулқилинган«Инвестицияларваинвестиция фаолияти тўғрисида»ги ЎРҚ-598-сонли қонуни.
mumkinki, investitsiya faoliyati va uni amalga oshirayotgan o‘zaro bog‘liq obyektlar va subyektlarning (investorlar va foydalanuvchilar) munosabatlari yig‘indisidan iborat.
Investitsiyafaoliyatini jadal amalga oshirishning muhim shartlaridan biri uni qaysi mablag‘lar hisobidan amalga oshirishga bog‘liq. Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki yillarida investitsiyalar faqat davlat mablag‘lari yoki davlat kapital qo‘yilmalarini o‘zlashtirish hisobiga amalga oshirilar edi. Investitsiya faoliyatining asosiy manbalari bo‘lib korxona va tashkilotlarni o‘z mablag‘lari va davlat budjeti daromadlari hisoblanar edi.
Umuman aytganda, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa davlat tomonidan taqiqlanmagan faoliyatlarni barcha investorlar tomonidan amaliy ravishda yo‘lga qo‘yish, mablag‘lar sarf etish va ularni hayotga tatbiq etish chora va tadbirlarining yig‘indisi investitsion faoliyatni anglatadi.
5. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari. (erkin savdo zonasi, eksport ishlab chiqarish zonalari, offshor zonalar, ilmiy parklar)

Download 274.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling