To‘g‘ridan – to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – o‘zga mamlakat rezidentlari tomonidan boshqa mamlakat real aktivlariga mablag‘ kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatish Iqtisodiyotningustuvortarmoqlarinirivojlantirishuchunxorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag‘lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni,mavjudshart-sharoitlarnihisobgaolganholdaboyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo‘l bilan respublika iqtisodiyotini ko‘tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini va rag‘batlantirish yo‘li bilan investitsiyalarni, ko‘proq, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Jumladan, mamlakat investitsiya siyosatini ishlab chiqishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning quyidagi tamoyillariga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Strategik yakdillik tamoyili. Bu tamoyilning iqtisodiy mohiyati mamlakat hududlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzoq istiqbolli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bilan belgilanadi (5.3-rasm).
Markazlashmagan boshqaruv tamoyili. Ma’lumki, qarorlarni qabul qilishning markazlashgan tizimi hukumat organlarining ayrim investorlarga yon bosishi bilan bog‘liq salbiy raqobat oshishiga imkon yaratadi. Shu nuqtayi nazardan davlat darajasida xorijiy investorlarning hududiy faolligiga e’tibor qaratish lozim.
Moslashuvchanlik tamoyili. Davlat investitsiya siyosatini mamlakat va jahon iqtisodiyotining o‘zgaruvchan sharoitga qarab doimiy ravishda moslashtirish va qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Davlatning markazlashgan boshqaruv tizimida davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish juda qiyin. Shuning uchun davlat boshqaruvida mamlakat va global iqtisodiyot o‘zgarishlariga moslashuvchan zamonaviy menejment tashkiliy tuzilmalarini joriy etish lozim.
Axborotlar ochiqligi tamoyili. Davlat investitsiya siyosati xorijiy investitsiya loyihalari va chora-tadbirlari, ma’muriy tartiblar va qonuniy-me’yoriy hujjatlar bazasi va boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan axborot portalini tashkil etish va rivojlantirishni nazarda tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |