1. O’zbekistonda investitsiya faoliyati qanday vositalar yordamida tartibga solinadi
Download 274.04 Kb.
|
26-30 biletlar
Iqtisodiy zona
Erkin iqtisodiy zona – yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hududdir. Maxsus ilmiy-texnologik zona – innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hududdir. Turistik-rekreatsion zona – unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilocharvaboshqaturistikahamiyatdagiobyektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart- sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hududdir. Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan hududlarni, shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o‘z ichiga oladi. Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo‘l bog‘lamalarida yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi. Maxsus sanoat zonasi – boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhan- dislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchunyeruchastkalariniajratish orqalishakllantiriladiganxizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z ichiga oladi. 27-variant Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. (investitsiya tushunchasi,real investitsiyalar, moliyaviy investitsiya.) Investitsiya tushunchasiga yagona va to‘liq ta’rif berish uchun uni kengroq ko‘rib chiqish lozim. Iqtisodiy fanning turli qismlarida va amaliy faoliyatning turli sohalarida investitsiyamazmuni o‘zining xususiyatlariga ega. Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishdagi yangi vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi. Investitsiyalar – joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlovchi YaIMning bir qismidir. So‘nggi yillar davomida bozor islohotlarining rivojlanishi natijasida «investitsiyalar» atamasi keng qo‘llaniladigan tushuncha- lardan biri bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasida investitsiyaxususida qonuniy hujjatlar 1991-yildan boshlab qabul qilindi va o‘tgan vaqt mobaynida takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif berilgan: Download 274.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling