KLO-75 rusumidagi lentali ozuqa tarqatgich (3.4.6-rasm). Bu ozuqa tarqatgich maydalangan dag’al, shirali, ildizmevali, kontsentrlangan ozuqalar va ularning aralashmasini tarqatish, oxurni uning ichidagi ozuqa qoldiqlaridan tozalash uchun ishlatiladi. KLO-75 motor-reduktor, ikkita baraban, harakatlantirish mexanizmi, ozuqa tarqatuvchi po’lat lenta, tortuvchi arqon, karetka va ramadan tuzilgan.
Ozuqa tarqatgichning ish yurishida lentaga RMM-5 yoki KTU-10 ozuqa tarqatgichlari yordamida (bu ozuqa tarqatgichlar bunker va tashlovchi mehyorlagich vazifasini bajaradi) bir mehyorda bunkerli tahminlagichlardan ozuqa tashlab turiladi. Lentaning yurish yo’li oxur uzunligiga teng bo’lib, ozuqa tarqatgichning va tahminlovchi bunkerning ishlash vaqti avtomatik ravishda boshqariladi. Ozuqa tarqatgichning texnik tavsifnomasi 3.4.3-jadvalda ko’rsatilgan.
3.4.3-jadval
Turg’un ozuqa tarqatgichlarining texnik tavsifnomalari
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
Ozuqa tarqatgich rusumlari
|
KLO-75
|
KLK-75
|
TVK-80
|
TVK-80B
|
Oxurning maksimal uzunligi
|
mm
|
75000
|
75000
|
80000
|
75000
|
Lentaning kengligi
|
mm
|
550
|
1100
|
500
|
500
|
Lentaning harakatla-nish tezligi:
ish yurishida
salt yurishida
|
m/s
|
0,57
0,78
|
0,3
0,7...0,8
|
0,44
0,44
|
0,5
0,5
|
Elektr dvigatelining quvvati
|
kVt
|
5,5
|
5,5
|
5,6
|
5,5
|
Ozuqa tarqatgich massasi
|
kg
|
1470
|
2110
|
3930
|
3300
|
Do'stlaringiz bilan baham: |