1. Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi rmm-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi rsp-10 ozuqa tarqatgich aralashtirgich
RSP-10 ozuqa tarqatgich - aralashtirgich
Download 309.54 Kb.
|
13-maruza — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARS-10 avtomobilli ozuqa tarqatgich-aralashtirgich.
- KUT-3,0A ozuqa tarqatgichi
- TVK-80B ozuqa tarqatgichi
RSP-10 ozuqa tarqatgich - aralashtirgich (3.4.3-rasm). RSP-10 rusumidagi ko’chma ozuqa tarqatgichi ozuqalarni qabul qilib olish, tashish, aralashtirish va belgilangan mehyorda tarqatish uchun xizmat qiladi. Bu ozuqa tarqatgich ozuqa yo’lagi 2,2 m dan katta, oxur balandligi 0,75 m bo’lgan binolar yoki oziqlantirish maydonlarida ishlatish uchun mo’ljallangan.
3.4.3-rasm. RSP-10 ozuqa tarqatgich sxemasi: 1-kuzov; 2-yuqori shnek; 3-pastki shnek; 4-chiqaruvchi transportyor; 5-yurish qismi; 6-ish organlari yuritmasi; 7-zaslonka. Tarqatgich-aralashtirgich MTZ-80, T-150 traktorlari yordamida ishlatiladi va rama, g’ildirakli yurish qismi, yopiq kuzov va uning ichiga o’rnatilgan shnekli aralashtirgichlar, ozuqalarni oxurga tashlovchi transportyor, harakat uzatuvchi kardan vali va harakat uzatish mexanizmlaridan iborat. Kuzov turli xildagi ozuqalar bilan 80...85% gacha to’ldiriladi. Yuqorigi shneklar ozuqalarni aralashtiradi, pastki shnek ozuqa aralashmasini o’rtaga yig’ib tashlovchi transportyorlarga uzatadi. Pastki transportyor o’ziga ilashgan ozuqa aralashmasini tashlaydi. ARS-10 avtomobilli ozuqa tarqatgich-aralashtirgich. Bu ozuqa tarqatgich-aralashtirgich ZIL-131 avtomobiliga o’rnatiladi va yirik hajmli fermalari va komplekslarida ishlatish uchun mo’ljallangan. Tuzilishi va ishlash jarayoni RSP-10 ozuqa tarqatgich-aralashtirgichga o’xshash lekin yurish qismi va harakat uzatish mexanizmlari bilan undan farqlanadi. Bu ozuqa tarqatgichlari kuzovining hajmi 10 m3, aralashtirish vaqti 3...8 minut va ozuqani kuzovdan bo’shatish unumdorligi 120 t/soat ga teng. ARS-10 tarqatgich-aralashtirgichning unumdorligi RSP-10 ga qaraganda, o’zining yuqori tezligi va ixchamligi hisobiga RSP-10 ga qaraganda 15...20% ga katta va fermalar uchun ancha samarador. KUT-3,0A ozuqa tarqatgichi (3.4.4-rasm). Bu rusumdagi ozuqa tarqatgich quruq kontsentrlangan ozuqalarni va maydalangan ko’k massa aralashmasini bir yoki ikki tomonlama oxurlarga tarqatish uchun xizmat qiladi. Ozuqa tarqatgich ramaga o’rnatilgan yopiq bunker, uning ichiga o’rnatilgan kurakli transportyor, chiqaruvchi yo’lak, tarqatish mexanizmi, yurish qismi va harakat uzatish mexanizmidan iborat. Ozuqa tarqatgich 0,4...1,4 klassdagi traktorlar yordamida ishlatiladi. Ozuqa bilan to’ldirilgan ozuqa tarqatgich bunkerining ichki perimetri bo’yicha o’rnatilgan kurakli transportyor yordamida ozuqa aralashtiriladi va chiqarish yo’lagining shnegiga tashlaydi. SHnekdan ozuqa oziqlantirish oxuriga uzatiladi. Harakat traktorning quvvat olish validan kardanli uzatma orqali, kurakli transportyor va tarqatuvchi shnekga, harakat uzatish mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 3.4.4-rasm. KUT-3.0A ozuqa tarqatgichining tuzilishi va ishlash sxemasi: 1-harakat uzatish vali; 2-tashlovchi shnek; 3-rostlovchi tortqi; 4-zaslonka; 5-qirg’ichli transportyor; 6-bunker; 7-rama richagi; 8-richag; 9-domkrat; 10-reduktor. Turg’un ozuqa tarqatgichlar fermalarda keng ko’lamda qo’llaniladi. Ayniqsa parrandachilikda bu turdagi ozuqa tarqatgichlar asosiy texnika vositasi hisoblanadi. Turg’un ozuqa tarqatgichlar ishlatiladigan energiya vositasining turiga qarab mexanik, gidravlik, pnevmatik va gravitatsion ozuqa tarqatgichlarga bo’linadi. Fermalarda asosan ayrim turdagi mexanik va gravitatsion ozuqa tarqatgichlar qo’llaniladi. Bu turdagi ozuqa tarqatgichlarga qirg’ichli TVK-80A, TVK-80B va lentali KLK-75, KLO-75 transportyorli ozuqa tarqatgichlar kiradi. Turg’un ozuqa tarqatgichlar elektr uzatmalari bilan jihozlangan bo’lib, fermada ozuqa tarqatish jarayonini to’la avtomatlashtirilgan holda boshqarish imkoniyatini yaratadi, nisbatan shovqinsiz ishlaydi va atrof muhitni ifloslantirmaydi. Bu rusumdagi ozuqa tarqatgichlar oziqlantirish oxurlariga o’rnatiladi va ferma binolarida qo’shimcha joy egallamaydi. Turg’un ozuqa tarqatgichlar ozuqalarni qisqa vaqtda bir mehyorda, ancha aniqlik bilan tarqatadi. TVK-80A turg’un ozuqa tarqatgichi (3.4.5a-rasm). 3.4.5-rasm. TVK-80A(a), TVK-80B(b) turg’un ozuqa tarqatgichlarining texnologik sxemasi: TVK-80A: 1-zanjirli uzatma; 2-harakat uzatish stantsiyasi; 3-eletr dvigateli; 4-qirg’ichli transportyor; 5-oziqlantirish oxuri; 6-bunker. TVK-80B: 1-gayka; 2-prujina; 3-vint; 4-polzun; 5-etaklanuvchi baraban; 6-oxur; 7-lenta; 8-zanjir; 9,10,11-yulduzchalar; 12-reduktor; 13-elektr dvigateli. Bu rusumdagi ozuqa tarqatgichi hayvonlar turadigan binolardagi oziqlantirish oxurining ichiga o’rnatiladi va maydalangan dag’al, shirali, kontsentrlangan, aralashtirilgan ozuqalarni tarqatish uchun mo’ljallangan. TVK-80A ozuqa tarqatgichi bunker, oziqlantirish oxuri, kurakli yopiq konturli zanjir, harakat uzatish va zanjirni taraglashtiruvchi mexanizmlardan iborat. Harakat uzatish mexanizmi elektr dvigateli, reduktor, zanjirli uzatmadan iborat bo’lib, bunkerga qarama-qarshi tomonida maxsus ramaga o’rnatiladi. Transportyor tezligi zanjirli uzatmadagi yulduzchalar orqali (0,11...0,44) m/s oralig’ida rostlanadi. Transportyorning ishlash vaqti avtomatik ravishda boshqariladi. Qurilmaning texnik tavsifnomasi 3.4.3-jadvalda ko’rsatilgan. TVK-80B ozuqa tarqatgichi (3.4.5.b-rasm). Bu ozuqa tarqatgichi TVK-80A ozuqa tarqatgichidan ozuqa tarqatuvchi ishchi transportyori bilan farqlanadi. Kurakchali zanjirli transportyorning yarmi lenta bilan almashtirilgan va ozuqa tarqatish faqat transportyorning shu qismi yordamida amalga oshiradi. Bu esa TVK-80B ozuqa tarqatgichi yordamida kontsentrlangan ozuqalarni ham tarqatish imkonini beradi, ishqalanish kuchini kamaytiradi, oxurning chekkalarida ozuqa qoldiqlari qolib ketmasligini tahminlaydi. Download 309.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling