1. Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi rmm-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi rsp-10 ozuqa tarqatgich aralashtirgich


Ba’zi bir ozuqalarning fizikmexanik xossalari 4.1jadvalda keltirilgan


Download 309.54 Kb.
bet7/7
Sana03.02.2023
Hajmi309.54 Kb.
#1153141
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-maruza — копия

Ba’zi bir ozuqalarning fizikmexanik xossalari 4.1jadvalda keltirilgan.
4.1jadval. Asosiy ozuqalarning fizikmexanik xossalari

Ozuqalar

Hajmiy

Erkin

Po‘latda




massasi,

qiyalik

ishqalanish




t/m3

burchagi, grad.

koeffitsienti

Pichan: g‘aramdagi

0,80,12




0,3

presslangan

0,170,62




0,30,4

Somon: maydalangan (g‘aramda)

0,030,04




0,3

presslangan

0,120,2




0,3

Senaj

0,200,25







Makkajo‘xori silosi

0,250,30

50

0,91,0

YAngi o‘rilgan o‘t

0,270,30

50

0,81,0

Xashaki lavlagi

0,570,70




0,5

Kartoshka

0,600,77

3085

0,50,55

Sabzi

0,50,6




0,55

Bug’‘doy doni

0,650,83

2535

0,350,65

Arpa doni

0,550,76

2535

0,350,70

Suli doni

0,400,55

2835

0,400,53

Makka doni

0,700,75




0,300,57

Omuxta em: sochiluvchan

0,500,65







granullangan

0,650,79








Transport vositalarining tasnifi. CHorvachilik fermalari, komplekslari va fermer xo‘jaliklarida qo‘yidagi transport va yuklash vositalari qo‘llaniladi: relssiz transport vositalari (ozuqa tarqatgichlar, pritseplar, aravachalar, yuk avtomashinalari, shoxli va greyferli yuklagichlar va boshqalar) er ustidagi va osma mashinalar, relsli transport mexanizmlari (o‘ziyurar elektrlashtirilgan ozuqa tarqatgichlar, vagonetkalar, kranlar, kranbalkalar va boshqalar) va uzluksiz ishlaydigan statsionar mashinalar (tasmali, zanjirli, inersiyali, qirgichli, kurakli, vintli, rolikli va cho‘michli transportyorlar va boshqa qurilmalar).
Ozuqalarni Yuklash transport vositalari
Ozuqalarni g‘aram va saqlagichlardan olish, qo‘shimcha maydalash transport vositalariga Yuklash uchun PSK5, PSS5,5 va FN1,4 yuklagichlari qo‘llaniladi.
PSK5 poyali ozuqalarni yuklagich ramadan, qulochdan, chap va o‘ng frezali barabanlardan, deflektori bilan to‘kuvchi quvur o‘zatgichdan, shnekdan, ventilyatoruloqtirgichdan, o‘zatish mexanizmidan, qulochni ko‘tarish gidrotsilindridan tuzilgan.
Yuklagichning asosiy ishchi organi — frezali barabandir, uning yuzalariga vintli chiziq bo‘ylab G ko‘rinishidagi pichoqlar qotirilgan. Frezali barabanlar yon tomonlarida ikki qirqish pichog‘i, o‘rtasida esa katta bo‘lmagan to‘rt parrakli qirqish qirralarga ega freza joylashgan.
Yuklagich MTZ rusumidagi traktorlar bilan agregatlanadi va harakatni QOV dan oladi. Ozuqa saqlash joylariga yaqinlashib kelgandan so‘ng gidrotsilindr Yordamida Yuklagich qulochi frezalash balandligiga ko‘tariladi. Aylanib turgan frezali baraban pichoqlari bilan ozuqa qatlamini qirqadi va щit Yordamida qabul qilish cho‘michiga o‘zatadi. U erdan ozuqa ventilyatoruloqtirgichning qabul qilish darchasiga tushadi, undan to‘kish quvuriga uloqtiriladi va deflektor bilan transport vositasiga yo‘naltiriladi. Yuklagich traktor kabinasidan boshqariladi.
PSK5 bir soat to‘liq ishlaganda 5t silos yoki 2,5 t somon Yuklashni ta’minlaydi. Maksimal frezalash balandligi — 5 m, Yuklash balandligi — 4 m.
PSS5,5 silos va senaj Yuklagich 14 kN to‘rtinchi sinfdagi traktorga osiladigan osish sistemasi bilan ramadan to‘zilgan. Ko‘taruvchi qulochida massani oluvchi organ mahkamlangan. Ozuqalarni Yuklash uchun shnekli qabul qilish bunkeri va qiya va gorizontal qismdan iborat Yuklash transportyori ko‘zda tutilgan. Yuklagich ishchi organlarni gorizontal holatda stabillashtirish qurilmasi va boshqarish sistemasi bilan jihozlangan.
Agregatni orqa Yurish bilan ochilgan g‘aramga yaqinlashtiriladi. G‘aram massasi balandligigacha quloch va massani olish organi ko‘tariladi, qabul qilish bunkerini esa er ustigacha tushiriladi va agregatni silos massasiga qabul qilish bunkeri tekkuncha yaqinlashtiriladi. SHundan so‘ng traktorchi traktor QOV ni qo‘shibajratgichni ishga tushiradi, u massaga kiradi va ajratilgan silosni qabul qilish bunkeriga, undan transportyorga va so‘ngra traktor oldiga qo‘yilgan transport vositasiga o‘zatadi.
Yuklagich bir soat to‘liq ishlaganda 40 t silosni Yuklashi mumkin. Massani olish balandligi — 5,5 m, Yuklash balandligi — 3,5 m.
FN1,4 osma furajiri somonlarni g‘aramlardan olib, maydalab transport vositalariga Yuklash va iste’molchilar joyigacha etkazish uchun mo‘ljallangan. U pnevmoyig‘gich qurilma bilan jokozlangan bo‘lib, g‘alla kombayni yig‘ishtirishdagi qator uYumlarda qoldirgan somonlarni yig‘ishtirib olishi mumkin.
Furajir ramadan, ventilyatordan, pnevmoquvurdan, ikki barabanln maydalash apparatidan, pevmoquvurni ko‘tarish mexanizmidan, deflektorli to‘kish quvuridan, Yuritma va gidrotizimlardan to‘zilgan. Maydalash barabanlari pichoqlar bilan jihozlangan.
Furajir MTZ rusumli traktorlar bilan agregatlanadi. Yuklangan massani tashish uchun bortlari ko‘tarilgan PSE12,5, 2PTS4M traktor pritseplari yoki KTU10A ozuqa tarqatgichidan foydalaniladi.
Yuklash uchun traktor barabanlari ko‘tarilgan furajir bilan g‘aram yoniga keladi. Traktor QOVi qo‘shilgandan so‘ng aylanib turgan baraban monolitga tushadi va sekinasta ozuqa qatlamini qirqadi. Baraban bilan qirqilgan ozuqa pnevmoquvurga havo oqimi orqali so‘rib olinadi va ventilyator Yordamida uloqtiruvchi quvur va deflektor orqali pritsepli transport vositasiga o‘zatiladi. FN1,4 bir soat to‘liq ishlaganda 4 t somonni Yuklaydi. Maydalagich apparatining ko‘tarish balandligi 5,2 m, qamrov kengligi 1,4 m, qirqish chuqurligi 1 m gacha.
Download 309.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling