1. Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi rmm-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi rsp-10 ozuqa tarqatgich aralashtirgich
KLK-75 rusumidagi lentali ozuqa tarqatgich
Download 309.54 Kb.
|
13-maruza — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-ilova Xulosa
KLK-75 rusumidagi lentali ozuqa tarqatgich. Bu ozuqa tarqatgich barcha turdagi maydalangan ozuqalarni va ozuqa aralashmalarini ikki tomonlama oziqlantiriladigan oxur ichiga tarqatish uchun xizmat qiladi. KLK-75 ozuqa tarqatgichining tuzilishi va ishlashi KLO-75 ozuqa tarqatgichiga o’xshash bo’lib, asosan ozuqa tarqatuvchi po’lat lentasining kengligi (v=1100 mm) bilan farq qiladi. Ozuqa tarqatgichning texnik tavsifnomasi 3.4.3-jadvalda keltirilgan.
3.4.6-rasm. KLO-75 rusumidagi lentali ozuqa tarqatgichi: 1-harakat uzatish stantsiyasi; 2-qirg’ich; 3-lenta; 4-karetka; 5-tortuvchi tros. KLK-75 ozuqa tarqatgichi maxsus bunker - tahminlagich yordamida ishlaydi va bir operator tomonidan boshqariladi, unumdorligi KLO-75 ga qaraganda ikki marta katta, ferma binolarida hayvonlarni oziqlantirish uchun kam joy egallaydi va ancha samarador qurilma hisoblanadi. Fermada ozuqa tarqatish jarayonini mexanizatsiyalash uchun kerakli ozuqa tarqatgichlarning turi va ularning sonini aniqlash talab etiladi. Bu jarayon quyidagi texnologik hisoblashlar orqali bajariladi. Fermada tarqatiladigan kunlik ozuqa miqdori Qk quyidagicha aniqlanadi kg (3.4.3.) bu yerda, Qk1, Qk2, ... , Qkz - fermada ishlatiladigan ozuqa turlarining kunlik sarfi, kg; j=1...z - fermada ishlatiladigan ozuqa turlari soni. Fermada ishlatiladigan ayrim turdagi kunlik ozuqa Qkj sarfi quyidagicha aniqlanadi kg (3.4.4) bu yerda, i=1...n - fermadagi hayvon guruhlari soni; mi - femadagi i guruhdagi hayvonlar soni, bosh; qi - i guruhdagi bir bosh hayvon uchun kunlik ozuqa mehyori, kg/bosh. Fermada bir tarqatishdagi ozuqa miqdori kg (3.4.5) bu yerda, kT - fermada kunlik ozuqa tarqatishlar soni, kT=2...4. Fermada ozuqa tarqatish jarayoning unumdorligi kg/s (3.4.6) bu yerda, Tar-fermada ozuqa tarqatish uchun rejalashtirilgan vaqt, s. Fermada ko’chma ozuqa tarqatgichlar ishlatilganda ularning soni (3.4.7) bu yerda, Wk - ko’chma ozuqa tarqatgichning unumdorligi, kg/s. Ko’chma ozuqa tarqatgichning unumdorligi quyidagicha aniqlanadi kg/s (3.4.8) bu yerda, V - ozuqa tarqatgich bunkerining sig’imi, m3; - bunkerdagi ozuqaning zichligi, kg/m3; - bunkerni to’ldirish koeffitsienti = 0,8...0,85; ish - ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti = 0,75...0,85; r - bir reys uchun sarflanadigan vaqt, s. Ko’chma agregatlarning bir reysi uchun sraflanadigan vaqt quyidagicha aniqlanadi s (3.4.9) bu yerda, yu, tar - ozuqani tarqatgichga yuklash va tarqatish uchun sarflaniladigan vaqt; L - ozuqani tashish masofasi, m; t, s.yu - ozuqa tarqatish agregatining tashish va salt qaytishdagi tezligi, m/s. Fermada turg’un lentali ozuqa tarqatgichlar ishlatilganda uning unumdorligi quyidagicha aniqlanadi Wtur = qchtrks, kg/s bu yerda, qch - 1 metr uzunlikdagi oxurdagi ozuqaning miqdori, yahni ozuqaning chiziqli zichligi, kg/m; tr - transportyor lentasining tezligi, m/s; ks - sirpanish koeffitsienti, ks = 0,94...0,95. Ozuqaning chiziqli zichligi qch quyidagicha aniqlanadi kg/m bu yerda, m - oxurdan oziqlanadigan hayvonlar soni, bosh; qch - 1 bosh hayvon uchun bir tarqatishda sarflanadigan ozuqa mehyori, kg/bosh; Lo - oziqlantirish oxurining uzunligi, m. Turg’un ozuqa tarqatgichini ozuqa bilan tahminlash bunkerining hajmi quyidagicha aniqlanadi m3 bu yerda, nk - bunker tomonidan tahminlanadigan hayvonlar qatorlari soni, nk=1...2; kz - zahira ozuqa koeffitsienti, kz = 1,1...1,2. 6-ilova Xulosa Ozuqa tarqatish chorvachilik fermalaridagi eng ko’p mehnat talab etadigan (jami mehnat sarfining 25…30%) yil davomida uzluksiz davom etadigan asosiy jarayon hisoblaniladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash mehnat unumdorligini 5…10 marta oshiradi. Ozuqa tarqatish texnologik va zooveterinariya talablari asosida bajarildishi lozim. Katta hajmli fermalarda ko’chma ozuqa tarqatgichlar ancha samarador va unumdor hisoblaniladi. Kichik hajmli fermalarda turg’un ozuqa tarqatgichlar samarador hisoblaniladi. Fermalarda ozuqa tarqatish jarayonini tashkil etishloyiha asosida tashkil etilishi lozim. Download 309.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling