1. Ozuqa tarqatgichlarning sinflanishi rmm-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi rsp-10 ozuqa tarqatgich aralashtirgich
Ozuqalarni yuklash mashina va jihozlari
Download 309.54 Kb.
|
13-maruza — копия
Ozuqalarni yuklash mashina va jihozlari
Yuklarning turlari. CHorvachilik va parrandachilik fermalarida har kuni katta hajmda yuklashtushirish va transport ishlari bajariladi. Tashiladigan yuklarni qattiq va suyuq (suv, sut, go‘ng shaltog‘i, suyuq yoqilgi) turlariga bo‘lish mumkin. Qattiq yuklar sochiluvchan, donador va hajmiy yuklarga bo‘linadi. Sochiluvchan yuklarga donlar, sochiluvchan va granullangan omuxta em, ildiz mevalar, mineral qo‘shilmalar va boshqalar kiradi; donador Yuklarga — har xil konteynerlar, bidonlar, gaz balonlari, idishlar (qoplar, yashiklar va boshqa) kiradi; hajmiy Yuklarga — ko‘k massa, pichan, somon, silos, senaj va boshqalar (zichligi 0,3... 0,4 kg/m3 dan kam bo‘lmagan) kiradi. Yuklashtushirish va transport mashinalarining ish unumi va o‘lchamlarini hisoblash uchun tashiladigan Yuklarning fizikmexanik xususiyatlarini bilish kerak. Yuklarning asosiy fizikmexanik xususiyatlariga qo‘yidagilar kiradi: granulometrik tarkibi, namligi, hajmiy massasi, erkin qiyalik burchagi va Yuklarning Yuzalarga nisbatan ishqalanish koeffitsienti. Sochiluvchan Yuklarning granulometrik tarkibini elakli analiz, ya’ni olingan namunani har xil kattaliklardagi teshikli elakdan ketmaket elab o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Sochiluvchan Yuklar namligi qo‘yidagi formula bilan aniqlanadi: (4.1) bu erda: C1, — porsiyaning quritilganga qadar massasi; C2 — shu porsiyaning quritish shkaflarida quritgandan keyingi massasi. Yuklarni 105°S harorat atrofida doimiy massa holatigacha quritiladi. Sochiluvchan Yukning hajmiy massa birligining shu massa egallaydigan hajmidir. Qiyalik burchagi — bu sochiluvchan Yukning gorizontal Yuzadagi erkin hosil qiladigan eng katta qiyalik burchagidir. Yukning Yuzaga nisbatan ishqalanish koeffitsienti qo‘yidagi formula bilan aniqlanadi: , (4.2) bu erda: — Yuzada harakatlanish uchun kerak bo‘ladigan kuchning gorizontal tashkil qiluvchisi, N; — Yuk og‘irligi, N. Download 309.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling