RMM-5 kichik o’lchamli ko’chma ozuqa tarqatgichi (3.4.1-rasm). Bu ozuqa tarqatgichi kichik hajmli fermalarda ozuqalarni tashish va turli xil usulda tarqatish uchun xizmat qiladi. Ozuqa tarqatgich T-30, TTZ-30 traktorlari yordamida ozuqa yo’lagi 1,4 metrdan kam bo’lmagan va balandligi 0,7 m dan oshmagan oxurlar bilan jihozlangan fermalar uchun mo’ljallangan. Ozuqa tarqatgich bunker, rama, bir o’qli yurish qismi, ozuqa tarqatish mexanizmlari, harakat uzatish mexanizmi, ozuqa tarqatgich koleyasini o’zgartiruvchi moslama va elektr jihozlaridan iborat.
Ozuqa tarqatish mexanizmi bo’ylama va ko’ndalang transportyorlardan, biterlar bloki va ularga harakatni turlicha tezlikda uzatib beruvchi mexanizmlardan iborat.
Bunker poliga o’rnatilgan plankali, bo’ylama transportyor ozuqani biterlarga uzatib beradi, biterlar uni ko’ndalang transportyorlarga, ular esa ozuqani bir tekisda oziqlantirish oxurlariga tashlaydi.
3.4.1-rasm. RMM-5,0 ozuqa tarqatgichning ishlash sxemasi:
a-yon tomonlarga bo’shatish; b-bir tomonlama oldinga bo’shatish; v-orqa tomonga bo’shatish; A-darvoza kengligi; A=2000 mm; yo’lak kengligi; B=1835mm; V>1800mm; oxur balandligi: N=750mm; 1-fartuk; 2-g’ildiraklarni yo’naltiruvchi bardyur; 3-shit.
KTU-10A rusumidagi universal ozuqa tarqatgichi (3.4.2-rasm). Bu ozuqa tarqatgich maydalangan dag’al, shirali, ozuqalarni yoki ozuqa aralashmalarini tashish va bir yoki ikki tomonlama tarqatish uchun mo’ljallangan.
3.4.2-rasm. KTU-10 ozuqa tarqatgichining ishlash sxemalari:
a,b,v,g-yon tomonlarga, bir tomonga uzaytirilgan transportyor bilan, transportyorsiz, ikki tomonga tarqatish; d-ozuqani orqa tomondan bo’shatish: 1-kuzov; 2-biterli barabanlar; 3-tashlovchi transportyor;
4- bo’ylama transportyor; 5-ko’ndalang transportyor.
Bu ozuqa tarqatgich darvoza kengligi 2,6 m, ozuqa yo’lagi 2,2 m, oxurlar balandligi 0,75 m bo’lgan binolarda, hayvonlarni yayratish va oziqlantirish maydonlarida 0,9 va 1,4 klassdagi traktorlar yordamida ozuqa tarqatishga mo’ljallangan. Ozuqa tarqatgich turli xil fermalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ishlashi va tuzilishi RMM-5 ozuqa tarqatgichiga o’xshash, faqat yurish qismi ikki o’qli va tormoz sistemasi bilan jihozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |