1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


-Variant 1.Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari


Download 88.9 Kb.
bet3/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

3-Variant
1.Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari. ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishini quyidagi 3 bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchisi–boshlang‘ich davr, qadimgi davrdan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu tarbiya amaliyotini tushunib yetish. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik tafakko‘rning shakllanishi bilan bog‘liq. Bu davrda tarbiya ijtimoiy vokelik sifatida tiklana boradi, uning shakllanishi stixiyali tarzdan anglangan faoliyatga aylandi, tarbiya’ning turli nazariyalari vujudga keldi. Antik davrlardayok ijtimoiy – pedagogik g‘oya’ning tamal toshi qo‘yilgan edi, ya’ni ta’lim va tarbiya «Beshikdan tobutgacha» davom etadi, deyilgandi. Ikkinchi bosqich, XVII – XIX asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu ijtimoiy pedagogikaning g‘oyalari va ilmiy konsepsiyalarini rivojlantirish, fan sifatida tiklanish davri bo‘lgan edi. G‘arbda uygonish davrida esa bola tarbiyasida insoniylik g‘oyalarini ilgari surish rivojlana bordi. Bu davrda italyan pedagogi, insonparvari Vitarrino De-Feltre (1378 –1446) “Quvonch uyi” deb nomlangan birinchi maktab-internati tashqil etgan olimning fikrlarini kiritish mumkin. XVII–XIX –asrlar. Ijtimoiy pedagogika fanini fan sifatida vujudga kelishi va fan rivojidagi ilgor g‘oyalar bilan xarakterlanadi. 18 va 19 – asrlar jahon madaniyati tarixidan burjua demokratik inqilobi bosqichi sifatida joy olgan. Yirik olim (pedagoglar, faylasuflar, psixologlar) ijtimoiy pedagogik muammolar yechimini izladilar. Ular jamiyat va davlat bilan hamkorlikda bu muammolar yechilishini izladilar. Tarbiya masalalari jamiyatni qayta tashqil etish g‘oyalari bilan ko‘rib chiqildi. Bu davrlar ijtimiy-pedagogik g‘oyalarda barcha insonlar teng huquqli, erkin, ozod bo‘lishlari lozim ekanligi hakidagi fikrlar ko‘tarilgan. O‘sh davr yetuk pedagoglari bolalarni turli muammoga bag‘ishlab, yetim qarovsiz bolalar uchun bolalar uyi, bog‘chalar, maktab va boshqa muassasalar tashqil etdilar. Butun 19 asr davomida pedagogikadan ijtimoiy pedagogikaning ajralib chiqishi jarayoni uzok davom etadi.
2. Avesto ilk ma`naviyat sarchashmasi sifatida.
O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan.

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling