1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogika yunoncha paidagogike bo‘lib, paida – «bola» va gogike – «yetaklayman»


Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va matematika faniga qo`shgan hissasi


Download 88.9 Kb.
bet4/39
Sana27.01.2023
Hajmi88.9 Kb.
#1129575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Umumiy pedagogika va psixologiya. tayyori

3.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va matematika faniga qo`shgan hissasi. Qomusiy olim Abu RayHon MuHammad ibn AHmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarihiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu RayHon Beruniy 362 yil 3-zulHijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Horazmning Qiyod shahrida dunyoga keldi. Abu RayHon Beruniy boshlang’ich ta’limni olgach, o’sha davrda fan – madaniyat taraqqiy etgan Horazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Horzam tili bilan birga sug’diy, forsiy, suryoniy, YUnon, qadimgi yaHudiy tillarini, Hatto qadimgi Hind tili sanskritni Ham o’rgangan. U YUnon klassik ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarih, etnografiya, falsafa va filologiyadan Ham chuqur bilim oladi.Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta’limotlaridan dars olgan.
4-Variant
1.Pedagogikaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Pedagogika fanining obyekti – yaxlit pedagogik jarayon. Pedagogika fanining predmeti – ta’lim -tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
Pedagogika fanining asosiy vazifalari
Analitik: - ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini o‘rganish;
- pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash.
Prognostik: - ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim -tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash;
- ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash
Tashkiliy: - yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;
- pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish
Metodologik: pedagogik fanlarning umumnazariy asoslarini aniqlashtirish
2.O`zbekistonda ta`lim sohasidagi islohotlar. Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi.

Download 88.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling