1. Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi O'qituvchining kasbiy mahorati
ta‟lim sohasidagi vakolatlari quyidagilar
Download 460 Kb.
|
Pedagogikaning kasbiy kompetensiyalari Halollik va kasbga sadoqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shuningdek, qonunda
ta‟lim sohasidagi vakolatlari quyidagilar:
ta‟lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta‟minlash; ta‟lim muassasalarini tashkil etadish, qayta tashkil etadish va tugatish, ularning ustavlarini ro„yxatga oladish; o„z hududlaridagi ta‟lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarni belgilash; ta‟lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo„lgan davlat talablariga rioya etilishini ta‟minlash hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunning 28-moddasida ta‟lim muassasasini boshqarish masalasi yoritib berilgan bo„lib unda ta‟lim muassasasini uning rahbari boshqarishi, ta‟lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko„rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkinligi ko„rsatilgan. Qonunning 29-moddasida ta‟lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari bilan nodavlat ta‟lim muassasalari o„rtasidagi o„zaro munosabatlari ko„rsatib o„tilgan bo„lib unda: ta‟lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta‟lim muassasalarida ta‟lim to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishi; nodavlat ta‟lim muassasalari “Ta‟lim to„g„risida”gi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq to„xtatib qo„yishga haqli ekanligi; nodavlat ta‟lim muassasalariga qabul davlat o„quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshirilishi qayd etilgan. Shuningdek, qonunda: Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart ekanligi hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o„rta, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi olishlari uchun javobgarligi; Davlat ta‟lim muassasalarini moliyalash respublika va mahalliy budjetlar mablag„lari, budjetdan tashqari mablag„lar hisobidan amalga oshirilishi; Ta‟limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkinligi; Ta‟lim muassasalari ta‟lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda ishtirok etishlari, xorijiy mamlakatlarning tegishli o„quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o„rnatishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan qo„shma o„quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega ekanligi; Ta‟lim to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo„lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo„lishi yoritib berilgan. Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari va “ILKQADAM” davlat o`quv dasturi Reja: 1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablari 2. Davlat talablarining asosiy vazifalari 3. “ILKQADAM” davlat o`quv dasturi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabr- dagi РК-2707-son” 2017-2021- yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to'g'risida”gi nizomi va "Maktabgacha ta'lim muassasalari rah- bar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasi- ni oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga aso san Davlat talablari qabul qilindi. Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulk- chilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi: - davlat maktabgacha ta'lim muassasalari; - nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari; - maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehribonlik" uylari. - maktabgacha ta'lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta maxsus kasb hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta'lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or taj- ribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivoj- langan shaxsni tarbiyalashdir. Davlat talablarining asosiy vazifalari; - maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim- tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash; - milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bo- lalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini joriy etish; - ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash. Davlat talablarining tamoyillari: - bolaning noyobligi; - "Men" konsepsiyasi va shaxsiy ta'limini yaratishda bolaning faol roli; - bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; - bola ta'limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; - bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo'lib, individual varia- tivlik asosida yondashuv. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalar: - Maktabgacha ta'lim - maktabgacha yoshdagi bolalar qizi- qishlari. Individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, ma’naviy - ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy ijtimoiy tajriba egalla- nishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratil- gan yaxlit jarayon: - rivojlanish inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida bio- logik jarayonlar hamda atrof-muhit ta’sirida ro'y beradigan o'zgarishlar: - rivojlanish sohasi - bola rivojlanishidagi aniq bir yo'nalishlar: kichik soha - sohaning kichik guruhlari. Asosiy so- halarni kichik sohasi rivojlanishning ma'lum bir tomonlarini o'z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo'nalishini ko'rsatib beradi; - kutilayotgan natija bolalardagi bilim, ko'nikma va malakalar ko'rsatkichi; - bola kompetensisi - ma'lum bir yosh davriga xos bolgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo'lgan bolaning bi- limi, ko'nikmasi va malakalari hamda qadriyatlari: - integratsiya - bola ta'limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik: - inklyuziv ta’lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta'minlovchi jarayon; - "Men” konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi; - refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-ha- rakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha boigan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga boiingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga boiingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kuti- layotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat. - jismoniy rivojlanish va sogiom turmush tarzining shakllanishi; - ijtimoiy-hissiy rivojlanish; - nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari: - bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling