1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi
Download 191.84 Kb.
|
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org
97. Kreditning shakllari.
Kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga bo’linadi. Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda. Qisqa muddatli kreditlash; O’rta muddatli kreditlash; Uzoq muddatli kreditlash. Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi.Bizga malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat tiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar o’z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab: *tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar; *ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o’zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar; *hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkrediv ochilganda, tayyor mahsulotni jo’natganda va boshqa hollarda). To’lash muddatiga qarab: *muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o’tib ketgan kreditlar. Kreditni to’lash manbalariga qarab: *qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobidan; *garant mablag’lar hisobidan; *yangi kreditlar jalb qilish hisobidan. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab: *to’g’ridan-to’g’ri ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar; *egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar; *ta’minlanmagan kreditlar. To’lanadigan foiz darajasiga qarab: *o’rtacha (normal) foiz stavkali; *yuqori foizli; *past foiz stavkali; *foizsiz kreditlarga bo’linadi. 98. Inflyatsiya va pul muomalasini barqarorlashtirish yo’llari Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qo’yidagi usullardan foydalanadi. 1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash. 2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi. 3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish. «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko’ra Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Download 191.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling