1????. Pul uning kelib chiqishi va zarurligi


Download 191.84 Kb.
bet50/56
Sana14.11.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1771980
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
1 . Pul uning kelib chiqishi va zarurligi-fayllar.org

101. Valyuta operatsiyalari.
Valyuta operatsiyalari — milliy qonunchilik yoki xalqaro shartnomalar bilan tartibga solingan valyuta boyliklari bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 6-moddasiga muvofiq, valyuta operatsiyalariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar; valyuta boyliklarini OʻzRda olib kirish va joʻnatish, shuningdek OʻzRdan olib chiqish va joʻnatish; xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish. "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida"gi qonunning 7-moddasiga asosan, joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi :
tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;
savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalari
102. Naqd pulsiz xisob-kitob shakllari.
O‘zbekiston tijorat banklari, tegishli qonuniy va me’yoriy hujjatlar asosida mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga quyidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar shakllarini amaliyotga joriy etadi:
to‘lov topshiriqnomalari;
to‘lov talabnomalari;
akkreditiv;
inkasso topshiriqnomasi;
hisob cheklari bilan hisob – kitoblar.
to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka beradi;
– to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar uchun to‘lovni mol sotib oluvchidan undirib berish haqida o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan bankka taqdim etadi;
– inkasso topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida Markaziy bank tomonidan belgilab qo‘yilgan tashkilotlar to‘lovchining hisobvarag‘idagi mablag‘ni uning roziligini olmasdan tegishli manzilga o‘tkazib berish haqida bankka topshiriq beradi, agar to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ yetarli yoki mavjud bo‘lmasa inkasso topshiriqnomasi kartoteka 2 da hisobga olib boriladi;
– akkreditivga ariza, mijoz sotib oladigan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi;
– hisob – kitob cheki, asosan jismoniy shaxslar va savdo tashkilotlari o‘rtasida qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab qilib o‘z bankiga taqdim etadi;
memorial order, ushbu hujjat bankning ichki operatsiyalarini bajarishda, shuningdek, shartnomada ko‘rsatilgan hollarda mijozlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni ko‘chirishda bank tomonidan qo‘llaniladi.

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling