28. Qaysi javobda shakldosh so‘zlar berilgan?
A) elchilik, chars, sug‘ur B) bez, farq, zor
C) qon, zang, bo‘ydor D) safar, palla, sor
29. Berilgan shakldosh so‘zlarning qaysilari faqat bir so‘z turkumi doirasida bo‘ladi?
A) shira, qayin, g‘oz, dastalamoq B) shon, qadoq, yopiq, ko‘klamoq
C) gazak, o‘rim, qotmoq, tuyg‘un D) bog‘, qoplamoq, o‘tin, qozon
30.Qo‘yi mingga yetdi iborasining ma’nodoshini toping.
A) boyib ketmoq B) behad sevinmoq
C) maqsadiga erishmoq D) o‘zligini unutmoq
31.Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A)obro‘-obro‘y B)kabutar-kaptar
C) a’yon-ayon D)a’zo-azo
32.Obrazlilik va estetik ta’sir etish qaysi uslubning muhim belgisidir?
A)so’zlashuv uslubi B) publitsistik uslub
C)badiiy uslub D) rasmiy va ilmiy uslublar
33.Ibora qo‘llanmagan gapni aniqlang.
A) Tengqurlarim ichida yuzim yorug‘ bo‘ldi.
B) Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz.
C) Uni qo‘lga oluvchi kishilarimiz nihoyatda pixini yorgan bo‘lmog‘i shart.
D) Kishilikning dushmanlari yer bilan yakson bo‘lur.
34. 1. Po‘lat qilichingni ko‘rganman o‘tda. 2. Xalqlar birligi po‘latday qudratlidir. 3. Bizning po‘lat qudratimiz birligimizdadir. 4. Po‘lat otni o‘ynatib, traktorchi bo‘laman. Berilgan gaplarning qaysi birida po‘lat so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A)1, 2, 3, 4 B)1, 3, 4 C)1, 2, 3 D)3, 4
35.Terma shakldosh so‘zi gapda qaysi so‘z turkumi vazifasida qo‘llanishi mumkin?
A)faqat fe’l B) ot, fe’l
C) sifat, fe’l D)sifat, fe’l, ot
36. Qulog‘idan kun ko‘rinadi iborasi qanday ma’noni anglatadi?
A) xursand B) g‘iybatchi C) juda ozg‘in
D) eshitganini tezda birovga yetkazuvchi
37. Hoy, otginang nima edi, qulunim, sho‘rvang sovib qoldi? (O.Yoqubov) Ushbu gapda bolani erkalatish uchun qo‘llanilgan qulun so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) ohuning bolasi B)tuyaning bolasi
C) otning bolasi D)sigirning bolasi
38.Qaysi javobda o‘zaro zid ma’noli iboralar berilgan?
A) do‘ppisini osmonga otmoq, ko‘kka ko‘tarmoq
B) ko‘kka ko‘tarmoq, yerga urmoq
C) tepa sochi tikka bo‘lmoq, qovog‘idan qor yog‘moq
D) tilining uchida turmoq, ko‘z qorachig'iday asramoq
39.Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri
emas?
A) oq oltin - pilla
B) charm qo‘lqop ustalari - bokschilar
C) yaylov bahodirlari - cho‘ponlar
D) hayvonlar podshosi – sher
40. Qaysi javobdagi so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Negadir ishtaham aochib ketdi.
B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham
uzunlashdi.
C) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.
D) Tez orada «Sohibqiron» sahna yuzini ko‘radi.
41.. Sinekdoxa asosida ma’no ko’chishi qaysi qatorda berilgan?
A) Dasturxonga qarang, mehmon.
B) O’pkasini rentgen apparatdan tekshirish kerak ekan.
C) Jussasi ushoqqina bu odam kishiga tik boqar edi. D) Kechgacha tuz totmadi
42. Ushbu gapda ma’no ko’chishning qaysi turi mavjud? Dasturxonga qarang.
A) vazifadoshlik B) kinoya C) metafora D) metonimiya
43. Narsalar o’rtasida o’zaro o’xshashlik asosida ma’no ko’chirilish qanday nomlanadi?
A) sinekdoxa B) ko’p manolilik C) metonimiya
D) metafora
44. Rahmi kelib bulutning, Yig’lab to’kar yoshini. Qushlar qochar, majnuntol, Ko’taradi boshini. Ushbu misralarda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud?
A)sinekdoxa B)ko’p ma’nolilik C)metafora D)vazifadoshlik
45.Shirin xayollarga berildi gapidagi sifatda qanday ma’no ko’chishi bo’lgan?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa
D) vazifadoshlik
Do'stlaringiz bilan baham: |