1. Rivojlanish psixologiyasining tavsifi, fan sifatida Rivojlanish psixologiyasining nazariy va amaliy vazifasi


Download 150.79 Kb.
bet6/23
Sana08.11.2023
Hajmi150.79 Kb.
#1758821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
rivojlanish psixologiyasi 52 list 8000 13 ta

birinchisi: o‘z-o‘zini boshqarish malakasi (gavdasini, gavda a’zolarini boshqarish malakasi), hissiy holatini boshqara olishi, nutq texnikasi va madaniyatini o‘zlashtirishi;
ikkinchisi: bu asosan didaktik malaka va ko‘nikmalar, tashkilotchilik, kommunikatsiya, dars konstruksiyasi va boshqa qobiliyatlarning majmuasidan tashkil topganligi.
Pedagogik vazifa - ongli ravishda yuzaga keltirilgan pedagogik vaziyat bo‘lib, uning bosqichlari oldindan rejalashtiriladi. Pedagogik vaziyat to‘satdan (tasodifan) yuzaga keladigan pedagogik vazifa yoki vaziyat va o‘zaro munosabatlarning muammoli holatidir.
Pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning chalkash “zanjirlarini” tartibga keltiradi. Masalan, dars boshlandi. Lekin sinfda o‘quvchilar janjallashib qoldilar. Bu pedagogik vaziyat.
O‘qituvchining vazifasi shu vaziyatlarning yechimini rejali, bosiqlik bilan hal eta olish hisoblanadi. Sinfda yuzaga kelgan muammolarning yechimini topish o‘qituvchining vazifasidir. Pedagogik vazifaning yechimini topishning bir nechta bosqichlari mavjud:
1-bosqich: vaziyatni tahlil etish va muammoni chuqur fikrlash. Tajribasiz o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlanmadi, demak vazifani hal etish uchun qabul qilingan qaror ham ko‘pincha xato buladi.
2-bosqich: kelishmovchilikni, nizoni keltirib chiqargan butun pedagogik jarayon keng va chuqur tahlil etiladi. O‘quvchining asab va ruhiy holatini, oilaviy sharoiti, o‘rtoqlarining ta’siri va boshqa omillar, ayniqsa, o‘quvchi o‘zining xatti-harakatini chuqur tahlil etishi kerak. Natijada yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning sabablari va motivlari ayon bo‘ladi.
3-bosqich: pedagogik vaziyat va pedagogik vazifa haqida faraz, taxmin ilgari suriladi. Qanday pedagogik chora va vositalardan, usul va metodlardan foydalanish haqida qaror qabul qilinadi hamda asta-sekinlik bilan amalga oshriladi. Ammo vazifani hal etishda biror bir uslubdan foydalanish imkoniyati bulmasa, bu uslub boshqasi bilan almashtiriladi. Shuni unutmaslik kerakki, sinfda yuzaga kelgan pedagogik vaziyatning asl sababini o‘qituvchi avvalambor o‘zidan axtarishi kerak.
Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, yosh bosqichlarini, oilaviy sharoitlarini, intellektual qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida rivojlanishlari o‘qituvchi pedagogik mahoratining ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Demak, pedagog har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltira oluvchi shaxsdir. Albatta, quruq axborotlar hech kimni qiziqtirmaydi. Shuning uchun ham o‘qituvchi o‘z darsini qiziqarli o‘tishga, materialni his-tuyg‘u bilan berish uchun ovozidan, yuz qiyofasidan, xatti-harakatlaridan foydalanadi hamda darsning ta’sirchanligini oshirishga harakat qiladi. O‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otgan axborot mustahkam bo‘ladi. Psixologiya fanida ko‘pincha his-tuyg‘uni, axloqiy, intellektual, mehnat va estetik his-tuyg‘ular farqlanib, ularni chaqiruvchi omillar bo‘yicha turlarga ajratadilar.
Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffaqqiyat ko‘p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi hisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining hali tajribasi kam, lekin u shubhasiz, qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o‘sha o‘qituvchining hali kam tajribasi bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi – pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishigina loyiq bo‘ladi va pedagogik mahoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste’dod va zehn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi.
Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bo‘linadi:

  1. Maxsus qobiliyatlar;

  2. Umumiy qobiliyatlar.

Pedagoglik faoliyatining samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmogi va uni rivojlantirilib borilmog‘i lozim.


  1. Download 150.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling