1. Savol: Barbotaj nima? Javob: Bu fransuzcha so‘z bo‘lib «aralashtiraman»


Savol: Qozon turlari, vazifalari hamda ularning ishlatilishi?


Download 207.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana19.06.2023
Hajmi207.66 Kb.
#1623613
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1. Savol Javob «arala.cleaned

45. Savol: Qozon turlari, vazifalari hamda ularning ishlatilishi? 
Javob: Bug‘ qozoni - ichida yoqilg‘i yondirilib qizdiriladigan o‘txonasi mavjud bo‘lgan, atmosfera bosimidan 
yuqori bosimli bug‘ ishlab chiqarib, undan tashqarida foydalaniladigan qurilma. 
Suv isitish qozoni – ichida yoqilg‘i yondirilib qizdiriladigan o‘txonasi mavjud bo‘lgan, atmosfera bosimidan 
yuqori bosimli suv isitish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan tashqarida issiqlik tashuvchi sifatida 
foydalaniladigan qurilma. 
Vazifasi bo‘yicha qozon qurilmalari energetik, sanoat (ishlab chikarish) va isitish kurilmalariga bo‘linadi. 
Energetik qozon qurilmalarida yuqori bosimli (90 ATM. yoki 9 mPa) bug‘ ishlab chiqariladi va u bug‘ 
turbinalarni yuritish uchun foydalaniladi. 
Sanoat qozon qurilmalari texnologik extiyojlarga ishlatiladigan bug‘ yoki suv olish uchun 
mo‘ljallangan, isitish qozon qurilmalarida yashash va sanoat binolarida faqat isitish va issik suv ta’minoti 
uchun past bosimli bug olinadi yoki suv isitib beriladi. 
46. Savol: Reduksion sovutish qurilmalari nima uchun xizmat qiladi, ularning ishlash prinsiplari? 
Javob: Reduksion sovutish qurilmalari (RSQ) bug‘ bosimi va haroratini pasaytirish uchun xizmat 
qiladi. Ular turbinadan yetarli miqdorda bug‘ olishning iloji bo‘lmagan yoki boshqa parametrli bug‘ lozim 
bg‘lgan xollarda qo‘llaniladi. 
Yuqori bosimli Reduksion sovutish qurilmalar avtomatik ravishda tez (10÷15 sekundda) ishga 
tushiriladigan bo‘lishi shart. Bunday Reduksion sovutish qurilmalarni tezkor Reduksion sovutish qurilmalar 
(TRSK) deb ataladi. 
Bug‘ bosimining pasayishiga uni maxsus reduksion klapanda drossellash yo‘li bilan erishiladi. Bug‘ 
xaroratini pasaytirish uchun unga sovuk kondensat purkaladi. 
Reduksion sovutish kurilmalarining unumdorligi va bugning xarorati avtomatik ravishda rostlanadi. 
Reduksion sovutish qurilmalar yordamida bug‘ning bosimi 13,0 MRa dan 0,1 MRa gacha (yoki 130 at 
dan 1 at gacha) va harorati 580 0S dan 100 0S gacha pasaytirilishi mumkin. Ammo bu paytda hech qanday 
foydali ish bajarilmaydi. Bu Reduksion sovutish qurilmalarning eng katta kamchiligi hisoblanadi. Shuning 
uchun Reduksion sovutish qurilmalaridan iloji boricha kamroq foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Download 207.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling