1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


Download 183.16 Kb.
bet3/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4000 2 lassi

a.interlobulares ajraydi. Nihoyat arteriyalarning yakuniy tarmog'i — vas afferens buyrak tanachasining botiq qismiga kirib, buyrak qon tomirlar koptokchasi glomerulus ni hosil etadi. Koptokcha vas efferens qon tomiriga davom etadi. Bu chiquvchi tomir yana bir marotaba kapillarlarga bo'lingandan so'ng vena qon tomirlari hosil bo'lib, natijada buyrakda ikki turdagi kapillar to'r tomirlari bo'ladi. Birinchi to'r — ajoyib arterial to'r deyilib, ikki arteriola: vas afferens va vas efferens orasidagi glomerulus kapillarlari bo'lsa, ikkinchi kapillar to'r oddiy bo'lib arteriola bilan venula orasida joylashadi. Oddiy kapillar to'r qon tomirlari buyrak tanachasidan chiqqanidan so'ng hosil bo'ladi va bu kapillar to'r buyrakni qon bilan ta'minlaydi. Ajoyib kapillar to'r esa ikki arteriola orasida bo'lib, buyrak tanachasining ichida joylashadi va asosan bu to'r birlamchi siydikni ajratish vazifasini bajaradi. Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi — capsula glomerulus ning diametri 0,2 mm ni tashkil etadi. Uning ichida 50 ta kapillar koptokchani hosil qiladi. Buyrak nefronining uzunligi 35-50 mm ga teng bo’ladi. Buyrak kapillarlaridagi bosim nisbatan katta bo'lib, simob ustunining 70 mm ga to'g'ri keladi. Bosimning yuqori bo'lishi, buyrak arteriyalarini qorin aortasidan ajralishi va kapillarlargacha masofaning qisqa bo'lishi hisobiga bo'ladi. Buyrakdagi birlamchi siydik ajraladigan kapillarning umumiy yuzasi 1,5-2 kv/m teng bo'ladi. Yukstoglomullar tuzilma: kapillar koptokchaga kirayotgan vas afferens qon tomir devorida mioepitelial hujayralar joylashgan bo'lib, bu hujayralar koptokchaga kirayotgan arteriolani berkitib qo'yishi mumkun. Natijada ba'zi nefronlar orqali qon o'tmaydi va ular vaqtincha siydik ajratishda ishtirok etmaydi. Qon tomir devoridagi mioepitelial hujayralar renin deb ataladigan qon bosimini oshiruvchi gormon ishlab chiqaradi. Yukstomedullar nefronlar deb, buyrakning mag'iz qismida joylashgan nefronlarga aytiladi. Nefronning kapillar koptokchalari va uning kapsulasi — capsula glomerulus po'stloq bilan mag'iz qismlari chegarasida joylashadi. Yukstomedullar nefronning kapillar koptokchalariga kirib keluvchi — vas afferens va chiqib ketuvchi — vas efferens arteriyalarining diametri bir xilda nefronning vas efferens tomirlari kapillarlarga bo'linmasdan, venoz qon tomirlarga quyiladi. Buyrak segmentlari — segmenta renalia.
U beshta segmentga bo'linadi:
1) segmenta superiusyuqorigi segment;
2) segmenta anterius superius — oldingi yuzaning yuqorigi segmenti;
3) segmenta anterius inferius — oldingi yuzaning pastki segmenti;
4) segmenta inferius — pastki segment;
5) segmenta posterius — orqa yuzadagi segment.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling