1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


- savol. Siydik chiqaruv nayi — urethra


Download 183.16 Kb.
bet5/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4000 2 lassi

5- savol. Siydik chiqaruv nayi — urethra
Ayollarda siydik chiqaruv nayi — urethra feminina siydik pufagidagi teshik — ostium urethrae internum va tashqi teshik — ostium urethrae externum orasida joylashadi. Siydik chiqaruv nayining chanoq devoridan o'tish sohasida ko'ndalang targ'il mushak tolalar bilan o'ralib, m.sphincter urethrae deb nomlanadigan halqani hosil qiladi. Ayollar siydik chiqaruv nayi: mushak qavati tunica muscularis dan; shilliq osti qavati — tela submucosa dan; hamda shilliq qavati — tunica mucosa dan tashkil topgan. Nayga shilliq bezlar — glandulae urethrales ga ochiladi. Erkaklar siydik chiqaruv nayi — urethra masculina ham siydik pufagidagi ostium urethrae internum hamda tashqi teshik ostium urethrae externum orasida joylashadi. Erkaklar siydik chiqaruv nayi quyidagi qismlardan iborat:
1) pars intramuralis (preprostatica) — siydik qopchasi devoridagi prostata bezigacha bo'lgan qismi;
2) pars prostatica — prostata beziga to'g'ri kelgan qismi;
3) pars intermedia (membranacea) — oraliq mushaklar orasidagi qismi;
4) pars spongiosa — g'ovakli qismi.
Pars prostatica — nayning boshlang'ich qismi bo'lib, siydik qopchasining ostida joylashadi. Bu sohada, nayning orqa devorida bo'rtib chiqib turgan urug' tepachasi colliculis seminalis joylashadi. Shu sohada qirra crista urethralis, bachadoncha utriculus prostaticus, tunica muscularis mushak qavati halqasimon stratum circulare mushak tolasidan tuzilgan bo'lib m.sphincter urethrae internus — ichki qisuvchi mushak hosil bo'ladi. Bu mushak urug' tepachasining ustida joylashadi va m.sphincter supra colliuculares deb ham ataladi. Bu mushakning qisqarishi siydik bilan urug' suyuqligini qo'shilib ketishidan asraydi. Mushak qavatida bo'ylama stratum longitudinale tolalari ham mavjud.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling