1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


Download 183.16 Kb.
bet14/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4000 2 lassi

Innervatsiyasi: n.pudendus.
3. M.transversus perinei superficialis — to'siqning ko'ndalang yuza mushagi o'tirg'ich suyaklari orasidan tortiladi.
Innervatsiyasi: n.pudendus.
17- savol. Chanoq to‘sig‘i — diaphragma pelvis mushaklari
Chuqur guruh mushaklari:
1. M.levator ani — to‘g‘ri ichakni ko'taruvchi mushak. Qov suyaklari va o'tirg'ich suyaklarining ichki yuzasidan boshlanib, to'g'ri ichakdan chiqish sohasida tugaydi. Innervatsiyasi: plexus sacralis (S2 — S4), n. pudendus.
2. M.coccygeus — o'tirg'ich suyagidan boshlanib, dumg'aza va dum umurtqalarida tugaydi.
Innervatsiyasi: plexus sacralis (S2 — S4).
3. M.rectococcygeus — to'g'ri ichak dum mushagi. Boshlanish sohasi: dum umurtqalaridan va lig.anococcygeum boylamidan boshlanadi. Birikish sohasi: canalis analis ning bo'ylama mushak tutamlariga birikadi.
Vazifasi: to'g'ri ichakni va canalis analis ni ko'taradi.
Innervatsiyasi: plexus sacralis (S2 — S4).
Yuza mushaklar
M.sphincter ani externus — to'g'ri ichak chiqish teshigini qisuvchi mushak bo'lib, shu teshik atrofida joylashadi.
18- savol. Oraliq fassiyalari
Chanoq to'sig'ini tashkil etgan mushaklar ichki tarafdan fascia diaphragmatis pelvis superior fassiyasi, tashqi tarafdan esa fascia diaphragmatis pelvis inferior bilan qoplangan. Shunday qilib, chanoq to'sig'i mushaklari ikki fassiya varaqlari orasida joylashadi. Diaphragma urogenitalis mushaklari ham fassiyalar orasida joylashadi. Chuqur guruh mushaklari fascia diaphragmatis urogenitali superior et inferior biriktiruvchi to'qima bilan qoplanadi. Yuza guruh mushaklar esa fascia perinei superficialis bilan qoplanadi. To'g'ri ichak va chanoq devorlari orasida quyidagi hosilalar mavjud:
a) corpus anococygeum (lig.anococygeum) to'g'ri ichakdan chiqish teshigi va dum umurtqalari orasida qo'shuvchi to'qima hamda mushak to'qimalaridan hosil bo'lgan go'shtdor hosila joylashadi;
b) corpus adiposum fossae ischioanalis o'tirg'ich suyagi bilan to'g'ri ichakdan chiqish teshiklari orasida yog' to'qimasi joylashadi.
Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling