1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


Download 183.16 Kb.
bet12/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4000 2 lassi

14- savol. Qin — vagina
Qin - vagina uzunligi 8 sm bo'lgan nay, u bachadon bo'yni bilan katta uyatli lablar sohasini bir-biriga qo'shib turadi. Pastki sohada qin dahliziga ostium vaginae teshigi ochiladi. Qizlar qinining tashqi teshigi halqa shaklidagi shilliq parda burmasi hymen femininu bilan berkilgan bo'ladi. Qinning oldingi va orqa devorlari — paries anterior et posterior o'zaro qo'shilib, bachadon bo'yinchasi sohasida gumbaz fornix vaginae hosil bo'ladi. Qinnning oldingi devori yuqori qismida siydik qopining tubigacha borib, yumshoq biriktiruvchi to'qima vositasida ajralib turadi. Oldingi devorning pastki uchi esa siydik chiqaruv nayi bilan chegaralanadi. Qin orqa devorining ustki qismi qisman qorin parda bilan qoplanib. pastroqda to'g'ri ichak devori bilan chegaradoshdir. Qin devori tashqi tarafdan pishiq biriktiruvchi to'qima bilan qoplangan. Uning o'rta qavatini ichki sirkular va tashqi bo'ylama silliq mushak to'qimalari hosil qiladi va u tunica muscularis deb ataladi. Qin devorining ichki qavati tunica mucosa burmalar rugae vaginalis ni hosil etgan shilliq qavat bilan qoplangan bo'ladi. Qin devorida g'ovakli qavat - tunica spongiosa ham bo'ladi.
Ayollar tashqi jinsiy a’zolari — organa genitalia feminina externa
Ayollar jinsiy a’zolari pudendum feminina (vulva). Bu a’zolarni qov sohasi — mons pubis va katta jinsiy lablar - labium majus pudendi hosil qiladi. Ikki tarafdagi jinsiy lablarning oldingi birikmasi — comissura labiorum anterior, orqa birikmasi comissura labiorum posterior deb ataladi. Bu hosilalar orasidagi tirqish rima pudendi deyiladi. Tirqishlar ostida kichik jinsiy lablar — labium minus pudendi joylashadi. Kichik jinsiy lablar tarkibida uning yuganchasi — frenulum labiorum pudendi, diloq (klitor) ortig'i — preputium clitoridis, diloq (klitor) yuganchasi — frenulum clitoridis bo'ladi. Bu sohalarni qin dahlizi — vestibulum vaginae deyiladi va uning devorida katta bez — glandula vestibularis major va mayda bez — glandula vestibularis minores lar bo'ladi. Dahliz sohasi qin teshigi — ostium vaginae orqali qinga ochiladi.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling