1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


- savol. Tuxumdon. Ovarium


Download 183.16 Kb.
bet10/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4000 2 lassi

11- savol. Tuxumdon. Ovarium
Tuxumdon - ovarium juft a’zo bo'lib, quyidagi qismlari bo'ladi: bachadon nayiga qaragan uchi — extermitas tubaria, pastki bachadonga qaragan uchi — extermitas uterina, lateral va medial yuzalar — facies lateralis et medialis, erkin qirrasi — margo liber, tutqichli qirra — margo mesovaricus. Tutqichli qirra sohasida qon tomir va nervlarni saqlaydigan tuxumdon darvozasi— hilum ovarii bo'ladi. Tuxumdon bachadon bilan xususiy boylam lig. ovarii proprium vositasida birikib, uning bachadon nayiga qaragan uchiga, nayning shokilasi — fimbria ovarica hamda lig.suspensoriu ovarii boylami birikadi. Tuxum donning tashqi yuzasi oqsilli parda — tunica albuginea bilan qoplangan. Tuxum donda po'stloq qismi — cortex ovarii va mag'iz qismi — medulla ovarii ko'rinadi. Tuxumdon ichida follikula pufaklari — folliculi ovarici vesiculosi bo'lib, uning ichida tuxum — ayollar jinsiy hujayrasi — ootsit yetiladi.
Follikula pufaklari rivojlanib, yoriladi va uning ichidagi tuxum hujayralari — ootsit tuxumdon yuzasiga chiqadi. Pufak sohasi qon va sariq to'qima bilan to'lib qizil tana — corpus rubrum va sariq tana — corpus luteum hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi urug'lanib homila hosil bo'lsa, sariq tana kattalashib uzoq muddat saqlanib qoladi va bu sariq tanaga — corpus luteum graviditalis deyiladi. Agarda tuxum hujayrasi— ootsit urug'lanmasa, sariq tana atrofiyaga uchrab, so'riladi va oq tana — corpus albicans ga aylanib, yo'qolib ketadi. Har 28 kunda bitta follikula yetiladi. Tuxumdon qorin parda bilan o'ralmaydi. Shu sababli ootsit tuxumdon yuzasidan bachadon nayiga yo'naladi.
12- savol. Bachadon nayi — tuba uterina (salpinx)
Bachadon nayi — tuba uterina tuxumdonda yetilgan ootsit hujayralarini bachadonga o'tkazish vazifasini bajaradi. Bachadon nayining quyidagi qismlari bo'ladi:
1) nayning bachadon devoridagi qismi pars uterina;
2) nayning siqilgan bo'yin qismi — isthmus tubae uterina;
3) nayning kengaygan qismi — ampulla tubae uterina;
4) nayning qorin bo'shlig'iga ochiladigan voronkasimon kengaygan sohasi — infundibulum tubae uterina.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling