1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


Download 183.16 Kb.
bet8/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
4000 2 lassi

Tunica vaginalis testis — qorin parda hisobiga hosil boladi va yorg'oq ichida parietal hamda visseral qavatlarga ajraydi. Lamina parietalis yorg'oqning ichki yuzasini tashkil etadi. Lamina visceralis moyakning oqsil pardasi bilan birikib ketadi. Parietal va visseral pardalar orasida cavum vaginale bo'shlig'i hosil boladi.
9- savol. Prostata bezi
Prostata bezi — prostata erkaklar siydik chiqarish nayining boshlang'ich qismi sohasida joylashadi. Bez sifatida erkaklar urug‘ining suyuq qismini hosil etishda qatnashadi. Prostata bezi endokrin bez sifatida gormon ishlab chiqarib. qon tarkibiga o'tkazadi. Bezning bir qism silliq mushak tolalaridan tashkil topgan. Prostata bezining asosi — basis prostatae siydik qopchasi, uchi apex chanoq mushaklari tomon yo'nalgan. Oldingi yuzasi — facies anterior chanoq qov suyaklariga qaragan, orqa yuzasi — facies posterior to'g'ri ichak tomon qaragan bo'ladi. Pastki lateral yuzasi facies inferolateralis deyiladi. Bezning orqa sohasidan urug' otuvchi yo'l teshiklari orasidagi bez qismiga isthmus prostatae yoki lobus medius deyiladi. Qolgan bo'limlari o'ng va chap bo'lak — lobi dexter et sinister deyiladi. Bezning bo'laklari quyidagi bo'lakchalarga ajraladi:
a) lobulus inferoposterior — pastki orqa bo'lakcha;
b) lobulus inferolateralis — pastki yon bo'lakcha;
d) lobulus superoinedialis — ustki medial bo'lakcha;
e) lobulus anteromedialis — oldingi medial bo'lakcha.
Prostata bezi chanoq diafragmasiga tegishli fassiya — fascia pelvis bilan o'ralgan. Uning ostida biriktiruvchi to'qima, hamda silliq mushak tolalari — capsula prostatica dan iborat bo'ladi. Prostataning asosiy qismi bezsimon hujayralardan va silliq mushak tolalarida hosil bo'ladi. Bez nayi — ductuli prostatici — (20-30 ta) siydik chiqaruv yo'lining orqa devoriga. urug' do'mboqchalari — colliculus seminalis sohasiga ochilladi. Prostata bezining mushak qismi substantia muscularis deyiladi. Bezning tashqi yuzasidan quyidagi mushaklar boshlanadi:
a ) m.puboprostaticus— qov suyagi bilan prostata bezi orasida hosil bo'ladi.
b) m. vesicoprostaticus — siydik qopchasi bilan prostata bezi orasida hosil bo'ladi.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling