1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


-savol. Buyrak jomi, kosachalar va siydik nayi


Download 183.16 Kb.
bet4/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4000 2 lassi

3-savol. Buyrak jomi, kosachalar va siydik nayi
Buyrak so'rg'ichi sohasidagi foramina papiliaria orqali chiqadigan ikkilamchi siydik kichik va katta kosachalar, buyrak jomi orqali siydik nayiga yo'naladi. Kichik kosachalar — calyces renales minores har bir buyrakda 8- 9 ta bo'ladi. Kichik kosacha devorining bir qismi 1-2 ta buyrak piramidasining so'rg'ich sohasini qoplaydi. Ikkinchi devori esa katta kosachalar — calyces renales majores ga davom etadi.
Katta kosachalar uchta bo'ladi:
1) calux superior — yuqori kosacha;
2) calux medius — o'rta kosacha;
3) calux inferior — pastki kosacha.
Katta kosachalar buyrak jomi — pelvis renalis ni hosil qilishda qatnashadi. Siydik nayi — ureter buyrak jomidan boshlanib, siydik qopchasining tubigacha davom etadi, u qorin bo'shlig'ining orqa devori sohasida joylashgan ekstroperitoneal a’zodir. Uning uzunligi 30 sm, ichki diametri 4 mm kichik chanoqqa kirish sohasi (linea terminalis) gacha bo'lgan qorin qismi — pars abdominalis, kichik chanoq bo'shlig'idagi qismi — pars pelvina deyilib, siydik qopchasi devoridagi qism esa pars intramuralis deyiladi.
Siydik nayining quyidagi toraygan sohalari bo'ladi:
1) buyrak jomining siydik nayiga o'tish sohasida;
2) siydik nayining qorin qismidan chanoq qismiga o'tish sohasida;
3) siydik nayining chanoq qismi bo'ylab;
4) siydik nayining siydik pufagi devori sohasida.
Buyrak jomlari, kosachalar va siydik nayining devori uch qavatdan tuzilgan:
1) tashqi qavat - tunica adventitia;
2) o'rta qavat — ikki qavat mushak tolalaridan tashkil topgan tunica muscularis; 3) ichki shilliq qavat — tunica mucosa.
4- savol Siydik pufagi — vesica urinaria
Siydik pufagi — vesica urinaria 500-700 ml hajmga ega bo'lib, kichik chanoq bo'shlig'ida joylashgan. Siydik yig'ilishi natijasida, siydik pufagi qorin bo'shlig'iga ko'tariladi. Qopchaning tubi — fundus vesicae orqa va past tarafga yo'nalgan boladi. Bo'yin qismi — cervix vesicae siydik chiqaruv nayiga davom etadi. Qorin oldi devori sohasida joylashgan uchi — apex vesicae bilan tubi — fundus orasida siydik qopchasining tanasi — corpus vesicae joylashadi. Siydik qopchasining uchidan, qorin oldi devorining ichki yuzasi bo'ylab, kindik sohasigacha lig.umbilicale medianum yo'naladi. Siydik qopchasining tashqi yuzasi tunica serosa qavati bilan o'ralgan. Uning ostida tunica muscularis bo'lib, tashqi bo'ylama, o'rta-ko'ndalang, ichki bo'ylama va ko'ndalang tutamlardan tashkil topgan. Bu mushaklar silliq mushak tolalaridan hosil bo'lib, ularning umumiy vazifasi siydikni pufakdan chiqarish bo'lganligidan ularni siydik chiqaruvchi mushaklar — m.detrusor urinae deyiladi. Siydik chiqaruv teshigi — ostium urethrae internum sohasida halqasimon mushak tolalari yaxshi rivojlangan bo'lib m.sphincter vesica mushagini tashkil etadi. Mushak tolalarining ostida shilliq osti qavat — tela submucosa yaxshi taraqqiy etgan. Bu qavat qopchaning uchburchakli yuzasi — trigonum vesicae sohasida uchramaydi (bu sohada ichki shilliq qavat mushak qavati bilan birlashadi). Siydik qopchasining uchburchak sohasi ikkita siydik nayi teshigi — ostia uretere ham da bitta siydik chiqaruv nayi teshigi — ostium urethra internum orasida joylashadi. Siydik pufagining ichki yuzasi shilliq qavat — tunica mucosa deyilib, bu sohada glangulae vesicalis bezlari uchraydi. Shilliq qavat pufakning bo'sh holatida burmalar bilan qoplangan boladi. Siydik qopchasi devorining tashqi qavati tunica serosa — seroz parda bilan o'ralgan. Uning ostida tunica subrerosa qavati joylashadi.
Mushak qavati — tunica muscularis quyidagi mushaklardan hosil bo'ladi: 1) m.m.trigoni vesicae — buyrakning uchburchak sohasidagi mushak, o'z navbatida chuqur — m.trigoni vesicae profundus va yuza — m. trigoni vesicae superficialis mushaklaridan tashkil topgan;
2) m. detrusor vesicae — siydikni siqib chiqaruvchi mushak. Mushak qavatining ostida shilliq osti qavati — tela submucosa joylashadi. Bu qavat siydik qopchasining uchburchak sohasida bo'lmaydi. Siydik qopchasining ichki yuzasida — tunica mucosa shilliq qavati joylashadi.
Siydik qopchasini tashqi tarafiga quyidagi mushaklar birikadi:
1) m. pubovesicalis — qov suyagi bilan siydik qopchasi orasida tortilgan;
2) m. rectovesicalis — to'g'ri ichak bilan siydik qopchasi orasida tortilgan;
3) erkaklarda prostata bezi bilan siydik qopchasi orasida m. vesicoprostaticus joylashadi;
4) ayollarda siydik qopchasi va qin orasida m. vesicovaginalis bo'ladi.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling