1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


- savol. Diloq (klitor) — clitoris


Download 183.16 Kb.
bet13/14
Sana19.06.2023
Hajmi183.16 Kb.
#1621383
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
4000 2 lassi

15- savol. Diloq (klitor) — clitoris
Diloqning oyoqchasi crus clitoridis, tanasi — corpus clitoridis, tana boshchasi — glans clitoridis kabi hosilalari bo'ladi. Uning ichida to'siqlar — septum corporum cavernosum, to'siqlar orasida g'ovakli tana corpus cavernosum clitoridis mavjud. Diloqning tashqi yuzasi fassiya — fascia clitoridis bilan qoplanib, boylam — lig.suspensorium clitoridis da osilib turadi.
15- savol. Oraliq — perineum
Oraliq — perineum kichik chanoq bo'shlig'idan chiqish sohasidagi ko'ndalang-targ'il mushak, fassiyalar va a’zolardan tashkil topadi. Oraliq sohasi quyidagicha chegaralanadi: oldindan qov suyaklarining o'zaro birikish sohasi — symphysis pubica; orqadan — dum umurtqalari; ikki yon tarafidan o'tirg'ich suyaklarining do'mboqlari joylashadi. Bu sohani ikkita to'siqqa ajratish mumkin: siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar oladigan to'siq — diaphragma urogenitale; to'g'ri ichak joylashgan chanoq to'sig'i diaphragma pelvis. Bu ikkala to'siq orasidagi chegara — ikkita o'tirg'ich suyaklarini birlashtiruvchi chiziq hisoblanadi. Har bir to'siq o'z navbatida yuza va chuqur mushaklardan hosil boladi.
16- savol. Diaphragma urogenitale mushaklari
Chuqur guruh mushaklari:
1. M.transversus perinei profundus — oraliqning ko'ndalang chuqur mushagi o'tirg'ich suyaklarini o'zaro birlashtiradi.
Innervatsiyasi: n.pudendus.
2.To'siqdan siydik chiqaruv nayining o'tish sohasida, nayning atrofida halqasimon mushak tolalari — m.sphincter urethrae externus hosil bo'ladi.
Yuza mushaklar.
1. M.bulbospongiosus — erkaklarda olatga birikkan bo'ladi, ayollarda qin sohasida tugaydi.
2. M.ichiocavernosus — o'tirg'ich suyagidan boshlangan mushak erkaklarda olatga biriksa, ayollarda klitor sohasida tugaydi.

Download 183.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling